Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Umid Ahmadjonov Shavkat Mirziyoyevning muhim topshirig‘ini bajarishga kirishdi

Umid Ahmadjonov Shavkat Mirziyoyevning muhim topshirig‘ini bajarishga kirishdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT

Bugun, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax Toshkent shahriga keldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan kutib olindi.

Al-Sabax bilan birga delegasiya tarkibida Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari-2018 direktori Haydar Farmon, OCA kotibi Lyusen Alvarez ham O‘zbekistonga keldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgandi. Davlat rahbari o‘shanda O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini o‘tkaza olishga qodir mamlakat ekanligini ham alohida qayd etib o‘tgandilar.

Shu munosabat bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bu boradagi loyihani hayotga tatbiq etishni boshlab yuborgan. Bu bo‘yicha 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgan. 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vogarlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini keng muhokama qilish maqsadida Al-Sabax boshchiligidagi delegasiya ikki kun davomida yurtimizda bo‘ladi. Yaxshi bilasiz, Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish va qabul qilish – yirik loyiha hisoblanadi. Tashkilotchilik masalalarida o‘ziga yarasha yangiliklar va boshqa jihatlar mavjud.

Musobaqa uchun sport inshootlarini qurish, Olimpiya shaharchasi, logistika, qulay transport marshuruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish, translyasiya va boshqa masalalar shular jumlasidandir. Uchrashuv davomida aynan shu kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tiladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 22:11, 24.02.2019.
O'qildi: 14392 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.