Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost

Shohjahon Ergashev: «Men baribir chempionlik kamarini O‘zbekistonga olib kelaman»

Shohjahon Ergashev: «Men baribir chempionlik kamarini O‘zbekistonga olib kelaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bir necha kun oldin Amerika Qo‘shma Shtatlarida mezbon bokschi Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi 16-g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Bokschimiz ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Bugun uni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi. Mazkur uchrashuvdan keyin u MOQ Matbuot va media departamenti vakillari savollariga javob qaytardi.

So‘nggi jangi haqida

Jang men o‘ylagandan qiyinroq kechdi. U biroz noqulay raqib edi. Bu qaysidir tomonlama mening professional boksdagi faoliyatimga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki, xech qachon mag‘lubiyatga uchramagan bokschi bilan 10 raundlik jang o‘tkazish oson emas. Menimcha barchasi yaxshilikka bo‘ldi. Uning bo‘yi mendan 15 santimetrga baland edi. Ushbu jihat menga biroz qiyinchilik tug‘dirdi.

Dastlabki raunddayoq nokaut kutishgandi? Maykl Foks birinchi raunddayoq taslim bo‘ladigan bokschi emas. Bundan buyog‘iga raqiblar saviyasi oshadi, janglar ham qiyinlashib boradi. Endi asosan 10-12 raundlik janglar bo‘ladi. Menimcha haqiqiy professional boks jahon chempionligiga erishganingizdan so‘ng boshlanadi. Fikrimcha, eng qiyin janglarim hali oldinda. Men prof ringdagi faoliyatimni endi boshladim deb o‘ylayman.

Muxlislar, meni qo‘llab-quvvatlab turgan insonlar nokautlarimga o‘rganib qolishgan. To‘g‘ri, ular nokaut kutishadi. Doimo nokaut bilan yutishga harakat qilaman. Ammo bu boks, ringda nima bo‘lishini xech kim bilmaydi.

Endi yangi murabbiy bilan ishlaydi

Hozirda yangi murabbiy, afsonaviy Menni Pakyao bilan ishlagan Freddi Rouch bilan hamkorlik qila boshladim. Endi oson janglar bo‘lmaydi. Faqat kuchli bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilaman. Buning uchun ko‘proq mashg‘ulotlar olib borishim kerak. Murabbiyni o‘zgartirishdan maqsad? Sportchi doimo yuksaklikka, yuqori natijalar sari intilishi lozim. O‘ylaymanki, yangi murabbiy bilan bundanda yaxshiroq natijaga erisha olaman. To‘g‘ri, bunda eng avvalo bokschining o‘ziga ko‘p narsa bog‘liq. Biroq, murabbiy sportchiga to‘g‘ri yo‘nalish berib turishi lozim.

Keyingi jang

Yana taxminan 10 kun O‘zbekistonda bo‘laman va keyin jo‘nab ketaman. Navbatdagi jangim katta ehtimol bilan 14 aprelda bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda chempionlik kamariga juda yaqin turibman. To‘g‘risini aytsam, jiddiyroq, chempionlik kamari uchun kechadigan janglarni istayman. Menimcha, buning vaqti keldi. Buni muxlislar, xalqimiz kutmoqda.

O‘zbekistonda sportga e’tibor

Bugungi kunda biz sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shaxsan Prezidentimiz tomonidan e’tibor qaratilgan. Fursatdan foydalanib, yurtboshimizga, o‘zbek sportining yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz O‘zbekiston yoshlari yaratilgan bunday imkoniyatlardan foydalanib, bundan keyin ham mamlakatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga va’da beramiz.



MOQ prezidenti bilan uchrashuv haqida

Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashdim. Bundan xursandman. Bizga e’tibor qaratib, qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat. Bunday sharoitlardan foydalanishimiz kerak. Men yoshlarga shuni tavsiya qilaman. Chunki, bunday e’tibor barcha mamlakatlarda ham yo‘q. Ko‘plab davlatlarda bo‘lganman, shuning uchun buni ishonch bilan aytyapman. MOQ prezidenti uchrashuv davomida menga ishonishini aytib o‘tdi. Buning uchun u kishiga rahmat aytmoqchiman. Maqsadim bitta – O‘zbekistonni dunyoga tanitish.

Shifokorlar boks bilan shug‘ullanishga taqiq qo‘yishganmidi?

Ha, o‘z vaqtida shunday bo‘lgan. Ammo, bugungi kunga kelib barchasi joyiga tushgan. Bu bo‘yicha shifokorlar bilan muntazam gaplashib turaman. Sog‘liq bilan bog‘liq muammo yo‘q. Bilasizmi, hozir xalqqa noto‘g‘ri ma’lumot beradigan, ijtimoiy tarmoqlarda asossiz xabarlarni tarqatadigan bloggerlar ko‘payib ketgan. Bunday holatlarga nisbatan salbiy fikrdaman. Inson haqida to‘g‘ri ma’lumotlar berish lozim. Ular o‘z manfaatini o‘ylab, biz sportchilarning mehnatini yo‘qqa chiqarmasligi lozim. Maqsadimiz vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishdir va biz ayni paytda ushbu burchimizni bajaryapmiz. Men ham yurtimizning nufuzini oshirish uchun ozgina bo‘lsada o‘z hissamni qo‘shishni istayman.

Promouterlar chempionlik jangi tashkil qilib bera olishadimi?

Ha, chempionlik jangi aniq bo‘ladi. Bunga bir qadam qoldi. Mart oyida WBA yo‘nalishining yangilangan reytingi chiqadi va men unda birinchi o‘rinda bo‘laman. Bu esa albatta chempionlik jangida ringga ko‘tarilish imkoniyatini beradi. Maqsadim bitta – O‘zbekistonga chempionlik kamarini olib kelish. Boshqa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Men baribir kamarni vatanimizga olib kelaman!

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:31, 26.02.2019.
O'qildi: 5176 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.