Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Babayan qaytdi. Xudo insof bersa, hech gapmas

Babayan qaytdi. Xudo insof bersa, hech gapmas

Baho:
+ | -

Ochig‘i, o‘zbek futbolida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qo‘shilamiz, o‘zgarish bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Lekin...

Ochig‘i, bugun men o‘qigan xabar hayratga soldi. Samvel Babayan yana o‘zbek futboliga qaytdi. Ayni damda o‘zbek futbolining eng kuchli jamoasi bo‘lmish “Lokomotiv”ga rasmiy lavozimga... Babayanga xusumatim yo‘q, ammo uning o‘zbek futboli ichida qilgan ishlari shunchalik tubanlashgan ediki, hatto uning ismini eshitganda ham tepa sochimiz tikka bo‘ladigan holga kelgandi.

Babayan oddiy xato qilgani yo‘q. U “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, umuman birorta klubda ichki chempionatda nayrang qilganida-ku kechirsa bo‘lardi, mayliga. Ammo terma jamoa umuman boshqa masala edi. Hal qiluvchi o‘yinda jahon chempionati saralashi ketayotgan bir paytda ortiqcha vaznga ega darvozabonni asosiy tarkibga tushirgani oyog‘imizdan chaldi. Janubiy Koreyaning ikkinchi golini hamon g‘azab bilan eslayman. Lobanovning semizligidan to‘pga sakray olmagani, oqibatda darvozamizga ikkinchi gol urilgani... Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolganimiz. Vaholanki, zaxirada Ignatiy Nesterov bor edi. Soppa-sog‘ edi. Maydonga tushishga, raqibning har qanday hujumini qaytarishga tayyor edi. Babayan ham buni bilardi. Nesterov Lobanovdan bir bosh ustunligini, uni asosiyga qo‘yishi kerakligini bilardi. Ammo uning rejasi bilan muxlislarning maqsadi negadir mushtarak kelmadi. Babayan ko‘r-ko‘rona millionlab muxlislarning orzusini yana to‘rt yilga ko‘mdi. Intervyusida “Jahon chempionatiga chiqish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilganman”, debdi. Ammo futbolni tushungan inson bunday bo‘lmaganini biladi. Ana shunday murabbiy bo‘lgan Babayan. Men hali bu yoqda boshqa variantlar bo‘la turib, asosiy tarkibda gol ura olmasayam, o‘zini ko‘rsata olmasayam ishi yurishmayotgan futbolchini qayta-qayta maydonga tushiravergan murabbiyni ko‘rmaganman. Yevropani qo‘ying, Osiyoda ham yo‘q bunaqasi. Hatto Yaman, Livan, Suriya kabi bizdan futboli orqada bo‘lgan mamlakatlarda ham murabbiylar bunday qilishmagan. Ana shunday mutaxassis edi Babayan. Eng muhimi, rahbariyat ham Babayanning aybini tan olgan, uning kirdikorlarini fosh qilgandi. Biz esa xayriyat-e, degandik. Ammo bu “Vaqt oliy hakam, vaqt o‘tib muxlislar unutishadi, Babayanni yana olib kelamiz”, qabilidagi ishga o‘xshab qoldi. Ammo biz buni unutolmaymiz. Babayanni hurmat qilamiz, Babayanning shaxsiyatiga til tekkizmaymiz, bunga haqimiz yo‘q, ammo...

Umid qilamizki, Samvel Babayan bu yog‘iga o‘zbek futboli rivoji uchun kurashadi. Umid qilamizki, “Lokomotiv” rahbariyati bu inson o‘zgarganini, to‘g‘ri maqsad yo‘liga tushib olganini isbotlab beradi. Axir Xudo insof bersa, hech gapmas.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:28, 26.02.2019.
O'qildi: 6584 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.