Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ulug‘bek Mirzayev: «Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas»

Ulug‘bek Mirzayev: «Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 25 fevral sanasida Pepsi Superligasining 2019 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Biz saytimizda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamizda qur’a natijalari hamda «Bunyodkor»ning dastlabki turlardagi raqiblari haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Bugun biz klub bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Abdusattorovich Mirzayevdan qur’a va klubning yangi mavsumda Superligada o‘tkazishi haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

-Avvalambor «Bunyodkor» futbol klubi muxlislarini, ishqibozlarini turli mish-mishlarga qaramasdan klub Superligadagi o‘z o‘rnini saqlab qolganligi bilan tabriklayman. Tan olish kerak mavsumlar oralig‘idagi tanaffus biz uchun juda og‘ir kechdi. Xabaringiz bor so‘nggi vaqtlarda klub atrofidagi salbiy mish-mishlar, turli gap so‘zlar me’yoridan ham ortib ketdi. Ko‘pchilik futbol muxlislarida jamoamiz bu yil Superligada ishtirok etmas ekan degan fikrlar uyg‘ongan edi. Biroq, shukrki unday bo‘lib chiqmadi. Buning uchun O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hamda Professional Futbol Ligasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Sababi «Bunyodkor»ning tarixi, klubning mavq’ei, uning xalqaro arenadagi obro‘sini hamda so‘nggi vaqtlarda klubda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar va bajarilayotgan ishlarni inobatga olgan O‘FA klublarni litsenziyalash bo‘limi Superligada ishtirok etadigan 14 jamoa safiga kiritdi. O‘ylaymanki, avval bo‘lgani kabi bundan keyin ham «Bunyodkor» reglamentda belgilangan vazifalar va talablarga jiddiy e’tibor qaratadi hamda boshqa klublarga bu borada o‘rnak bo‘lib namuna ko‘rsatishga harakat qiladi. Klubimiz nafaqat nazariy jihatdan balki amaliy jihatdan ham doimiy tarzda o‘z so‘zini aytishga intiladi, shuningdek Vadim Abramov boshchiligida yashil maydondagi natijalarimiz bilan «Bunyodkor»ning avvalgi mavqeini qaytarib muxlislarni xursand qilishga va’da beramiz. Hozirgi kunda tarkibimiz ancha yoshargan, tajribali futbolchilarimiz klubni tark etdi. Biroq, biz shu yoshlarimiz bilan ham «Bunyodkor»ning sharafini munosib himoya qilamiz.

Qur’aga keladigan bo‘lsak, Superliga ikki davrada o‘tkaziladi, ikki davra davomida barcha klublarga qarshi ikki martadan o‘ynaymiz. Shu sababdan ham Superligani kimga qarshi boshlab, kimga qarshi tugatish unchalik muhim emas. Muhimi biz yana Superligadamiz! Va yana bir bor O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional Futbol Ligasiga «Bunyodkor»da olib borayotgan ishlarimizni ijobiy baholab ishonch bildirgani va jamoamizni Superliga jamoalari qatorida ko‘rgani uchun minnatdorchilik bildiraman".

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 15:34, 27.02.2019.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.