Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘zbek futbolidagi aqlga sig‘maydigan tuturuqsiz qarorlar haqida

O‘zbek futbolidagi aqlga sig‘maydigan tuturuqsiz qarorlar haqida

Baho:
+6 | -

Bugun O‘FA degan tashkilot bir qiziq bayonot bilan chiqdi. U shunchalik qiziqki, Samvel Babayanning futbolga qaytishi bilan bog‘liq savollarga «1 gramm» mantiqiy javob bera olgani yo‘q, aksincha yangi savollarni paydo qildi.

O‘FA bayonotida shunday deyiladi:

«...Aynan mana shu so‘rovlarga asosan 2018 yilning 15 yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ish ochdi hamda mazkur ish yakuniga qadar O‘FA Ijroqo‘mi murabbiyni futboldan chetlatdi».

Iya, tovba. Aytilyaptiki, Babayan o‘sha paytda unga nisbatan ochilgan ish yakuniga qadar futboldan chetlatilgan ekan. Endi o‘tgan yili O‘FA rasmiy saytida chiqqan boshqa bir xabardan parchaga diqqat qilamiz:

«O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirildi».

Qaysi biriga ishonaylik? Diskvalifikasiya umrbodmidi yoki ish yakuniga qadar? Har qanaqasiga ham O‘FA qayerdadir yolg‘on gapiryapti. Yoki hozir, yoki o‘tgan yili. Xullas, xalqni aldagani rost, faqat qachonligini aniq bilmadim.

Bugungi bayonotni davom ettiramiz:

«Biroq keyinchalik O‘FA Ijroqo‘miga  “Bunyodkor” futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikasiyani olib tashlash so‘ralgan...
...SHu tariqa O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ochilgan ish 2018 yilning 1 fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikasiyasi bekor qilindi».

Demak, O‘FA o‘sha paytda «Babayan umrbod futboldan chetlatildi» deya populistik xabar chiqarganu, ammo 15 kundan keyin o‘zi chiqargan qarorni bekor qilgan ekanda? «Umrbod chetlatish» O‘FA uchun atigi 15 kun ekan, qoyil.

Boshqa savol: xo‘p, mayli, katta ketilgan gapni qaytib olib, 15 kundan keyin Babayandan taqiq olib tashlangan ham deylik, unda nimaga bu haqida hech qanday xabar berilmagan? Nimaga xalq bu haqida oradan 1 yil o‘tib xabar topyapti? Buni aytishga or qilishganmikin? Unda hozirchi, or qilishmayaptimi? )) Bu savolga ham tayinli javob bera olishmasa kerak.

Bayonot quyidagi achchiq kinoya bilan yakunlanadi:

«O‘FA bundan buyon Samvel Babayan O‘zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi».

Qiziq, juda qiziq. Mana shu band ko‘p narsani aytib turibdi. Demak, taxmin qilsak, O‘FA rahbariyati haligacha Babayanni ko‘rgani ko‘zi yo‘q, uning futbolga qaytishidan umuman manfaatdormas. Ayniqsa terma jamoalarga mutlaqo yaqinlashtirishmoqchi emas. Ammo qandaydir «yuqori kuchlar» bosimi ostida bunga qarshilik qila olishmaganiga sha’ma qilayotgandek go‘yo. Demak, O‘FA Babayanning futbolga qaytishidan ko‘proq “Lokomotiv” klubi va uning atrofidagi “katta odamlar” ko‘proq manfaatdorligiga ishora qilayotgandek tuyuldi menga.

Unda boshqa savol: hozir "Lokomotiv"ga qaytishiga qarshilik qila olmagan O‘FA, ertaga mabodo "tepadan" milliy terma jamoaga ham Babayan qo‘yilishi haqida topshiriq bo‘lib qolsa, unga ham qarshilik qila olmas ekanda? O‘shanchun ham xalqimiz bekorga aytmagan: "Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma" deb. Bu ayni O‘FAga tegishli.

O‘zbek futbolidan har narsani kutsa bo‘ladi.

Qiziq-a, “Bunyodkor” kafil bo‘lib, xat yozadi, lekin Babayan “Lokomotiv”ga ishga kiradi )))

Demak, o‘sha “Bunyodkor” yozgan xat ham aslida “zakaz”ga yozilgan ekanda?! Prezident qilayotgan kechirimlilik siyosatini ro‘kach qilib yozilgan xatdan “Bunyodkor” ham hech qanday manfaatdor bo‘lmagani ko‘rinib turibdi. Hammasi oldindan rejalashtirilgan “o‘yin” ekanligiga shubham yo‘q.

Mayli, nima ham derdik. Oh, desangiz ham, voh, desangiz ham, Babayan “Lokomotiv”da ish boshladi. Kechirimli bo‘lsak, bo‘libmizda, bizdan nima ketdi.

«Kunimiz kinnachilarga qolgan, Shahnoza...» ©

Xushnudbek XUDOYBERDIYEV

Kiritildi: 19:25, 27.02.2019.
O'qildi: 14332 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.