Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Saloh: «Men uchun shaxsiy rekord emas, Angliya chempionligi muhim»

Saloh: «Men uchun shaxsiy rekord emas, Angliya chempionligi muhim»

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh intervyu berib, e’tiborni shaxsiy rekordlarni yangilashga emas, Angliya chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga qaratilganini aytib o‘tdi.

«Men hamisha ko‘proq gol urishga va yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman. Rekordlar – bu, albatta, yaxshi, lekin men uchun muhimi — APLda g‘olib chiqish. Bizni qiyin hafta kutib turibdi. Sakkiz kun ichida 8ta o‘yin o‘tkazamiz. Ulardan ijobiy natija qayd etsak, jadvalda peshqadamlik qilishda davom etamiz. Shundan keyin esa 9ta tur qoladi. Qolgan o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda vaqt bo‘ladi», – dedi Saloh.

Angliya premyer-ligasining 27-turidan keyin «Liverpul» jadvalda 1-o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar «Manchester Siti»ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. Saloh ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 8ta golga hammualliflik qildi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 21:26, 27.02.2019.
O'qildi: 3271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик