Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Butunjahon etnosport konfederasiyasi vakillari Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘lishdi

Butunjahon etnosport konfederasiyasi vakillari Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi Butunjahon etnosport konfederasiyasi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu borada tashkilot bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Hamkorlik doirasida sentyabr oyida O‘zbekistonda etnosport bo‘yicha katta festival tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bugun konfederasiya vakillaridan iborat delegasiya Turkiyadan Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Mazkur delegasiya vakillari bilan Milliy olimpiya qo‘mitasida ham uchrashuv tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imamov, shuningdek, Turkiyadan tashrif buyurgan mutasaddilar Kuneyt Oztan, Yosin Tutyunju, Nurulla Aslan va Fotih Yildiz ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, delegasiya vakillariga O‘zbekiston sport yo‘nalishida Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan festival yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sifatida milliy libosimiz – cho‘ponlar hadya etildi.

Butunjahon etnosport konfederasiyasi vakillari 5 martga qadar yurtimizda bo‘lishadi. Ular mazkur tashrif davomida Xiva hamda Buxoro shaharlariga borishlari kutilmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:52, 28.02.2019.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.