Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Shohjahon Ergashev WBA’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi, Shahram G‘iyosov reytingni tark etdi

Shohjahon Ergashev WBA’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi, Shahram G‘iyosov reytingni tark etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

​​​​​Butunjahon boks assosiasiyasi WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mavqeyini yaxshilab oldi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida ishtirok etayotgan Shoxjahon Ergashev fevral oyi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarilgan. O‘tgan oydagi reytingda 15-o‘rinda bo‘lgan boshqa bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov esa reytingni tark etgan.

Shohjahon Ergashev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan Boardwalk Hall arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. U 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida sakkizinchi jangi uchun ringga ko‘tariladi. 

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-o‘rinda joylashgan va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qolgan.

Shuningdek, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-o‘rinda qolmoqda. 

Manba: KUN
Kiritildi: 11:08, 01.03.2019.
O'qildi: 6683 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.