Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Qilichbozlarimiz jamoaviy bahsda ham qit’a chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Qilichbozlarimiz jamoaviy bahsda ham qit’a chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Iordaniya poytaxtida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

E’tiborlisi, yosh sportchilarimizdan kelayotgan xushxabar to‘xtab qolmadi. Sablya qurolida kechgan yakkalik bahslarida Sherzod Mamutov bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qilgan edik. Yigitlarimiz jamoaviy yo‘nalishda ham bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Dastlab Filippin termasi katta ustunlikda mag‘lub etilgan bo‘lsa, vakillarimiz chorak finalda gongkonglik qilchbozlardan ustun keldilar. Final ostonasida esa koreyalik sablya ustalari yurtdoshlarimizni dog‘da qoldirishdi. Musobaqada Jaloliddin Dushambayev, Fozilbek Genjabayev, Sherzod Mamutov va Bobir Rasulovdan iborat kvartet terma jamoamiz sharafini himoya qildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:13, 02.03.2019.
O'qildi: 1595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.