Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh assambleyasi o‘z ishini boshladi

Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh assambleyasi o‘z ishini boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh assambleyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda. Qolaversa, mazkur jarayon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari rahbarlarini ham befarq qoldirgani yo‘q. Shunday ekan ko‘plab xalqaro sport federasiyalari rahbarlari ham yig‘ilishni bevosita kuzatib borishmoqda.

Kecha Bosh assambleyaning birinchi kunida Osiyo Olimpiya kengashining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bugun esa 38-Bosh assambleya o‘z ishini boshladi. Unda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qatorida kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasi, 2022 yili Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari tayyorgarlik jarayoni haqida o‘z taqdimotini namoyish etishadi. Shuningdek, kun davomida Osiyo Olimpiya kengashining rahbariyatiga, Ijroiya qo‘mitasiga va doimiy komissiyalariga nomzodlar saylanadi. Bizni kuzatishda davom eting.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:53, 03.03.2019.
O'qildi: 1727 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.