Bugun futbol kuni desak, adashmagan bo‘lamiz. Bizni bir-biridan qiziq uchrashuvlar kutib turibdi. Bu futbol matchlarini o‘tkazib yubormang
20 : 00 - Sport TV OCHL
“Persapolis: “Paxtakor”
Qit’amizning ikki keksa va shonli tarixga ega klublari yana to‘qnash kelmoqda. Arveladze haqida ko‘plab tanqidiy maqolalar yozib “xalq jamoasi” muxlislarining “sevimli”siga aylangan bo‘lsam ham, bu klubimizga doim g‘alaba tilaganman va tilashda davom etaman. O‘yinga to‘xtalsak. “Paxtakor”ning guruhi anchayin jiddiy. Arveladze boshchiligidagi “Sherlar” bu uchrashuv strategik ahamiyatga ega. Sababi, agar sherlar mehmonda ochko olishni uddalashsa, hal qiluvchi turlarda olingan ochko qo‘l kelishi aniq. 15 yildan beri siyqasi chiqib ketgan (Mavsum boshlanmadi, futbolchilarimiz formada emas,) bahonalar endi o‘tmaydi. Osiyoda klub o‘z o‘rniga ega bo‘lishni xohlasa, raqib tanlamasdan faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Biz Arveladze jamoasidan shiddatli va keskin o‘yin kutib qolamiz. Zero bu klub azaldan shunday o‘ynagan va muxlislarini g‘alabalarga o‘rgatib qo‘ygan!
22:05 Sport Tv OCHL
Al-Ahli : AL-Sadd
O‘z guruhidagi ikki favorit birinchi turdayoq to‘qnash kelmoqda. Bu uchrashuv g‘olibi katta ehtimol bilan o‘z guruhining 1-o‘rni uchun kurash olib borishi aniq. Ikki klub ham ajoyib murabbiy va legionerlarga ega. Ushbu uchrashuv OCHL guruh bosqichini bezab berishi aniq.
01:00-Futbol TV ECHL
“Real Madrid” : “Ayaks”
Qirollik klubi “El-Klassiko”lardagi mag‘lubiyatlardan so‘ng bugungi uchrashuvda bor alamini to‘kib sochishi aniq. “Ayaks” esa kichik imkoniyatlardan foydalanishga va birinchi bo‘lib gol urishga intiladi. Umuman olgan bu juftlik o‘rtasidagi birinchi uchrashuv hech narsani hal qilganicha yo‘q. Imkoniyat ikki klubda ham mavjud. Agar “Ayaks” birinchi bo‘lib hisobni ochsa, o‘yin tomosha bop futbolga aylanib ketadi. Sababi, Solari hujumkor futbol tarafdori. “Ayaks” esa Yevropaning eng iqtidorli futbolchilarini o‘z safida jamlagan. Ko‘ramiz bu uchrashuvda “Yulduzlar jamlangan” jamoaning qo‘li baland keldimi yoki “Iqtidorlarga suyangan” klub g‘alaba qozonadimi?
“Borussiya Dortmund”: “Tottenhem”
01:00-Uzreport TV
Bugungi futbol kuning disert uchrashuvi! To‘g‘risi, bu uchrashuv qanday yakunlanishini oldindan hech kim ayta olmaydi. Ingliz klubi APL da ketma ket ochko yo‘qotganiga qaramasdan Germaniyada osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq! “Borussiya“ esa o‘z uyida qanday o‘ynashni biladiganlar sirasiga kiradi. Umuman olganda bizni bugun ajoyib o‘yin kutib turibdi!