Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Tezroq qayt «Neftchi»...

Tezroq qayt «Neftchi»...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hovlingizda yillar davomida sizga shirin mevalar ulashgan biron-bir daraxt borki, bir kun kelib uni kesishga to‘g‘ri kelib qolsa va shunga majbur bo‘lsangiz, oradan qancha vaqt o‘tmasin uning o‘rni baribir bilinadi. O‘rniga boshqa novda o‘tkazganingiz bilan avvalgi mevali daraxtni o‘rnini bosguni qadar albatta ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Ko‘nikish va kutishga majbur bo‘lasiz.

O‘zbek futbolida bir jamoa borki, xuddi o‘sha mevali daraxt kabi o‘z muxlislariga xursandchilik ulashar, futbolimizda intrigani oshirib ko‘p yillar davomida gegemonlik qilar va afsuski hozirda Pro-ligada to‘p surishga majbur bo‘layotgan bu jamoaning futbolimiz tarixida o‘z o‘rni bor. O‘zbekistonning 5 karra chempioni bo‘lgan va uzoq yillar davomida sovrindorlar qatorida bo‘lib kelgan Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi so‘nggi yillarni juda bo‘sh o‘tkazishi oqibatida Superliga bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.

Eng achinarlisi esa, iqtidorlar maskani bo‘lgan vodiyning eng sovrindor jamoasi avvalgi mavqeini boy berib qo‘ydi. O‘zbekiston chempionati boshlanganidan beri hali biron marta quyi ligaga tushib ketgan uch jamoaning biri ham «Neftchi» edi. «Buyuk chinorlar»dan tashqari yana ikki klub «Paxtakor» hamda «Navbahor» ham shu kunga qadar quyi ligaga tushib ketishmagan. Biroq «Neftchi»dek jamoaning Pro-ligada to‘p surishiga haligacha ishongimiz kelmaydi.

Shiddatli «Vodiy derbi»lari, poxtaxtning grand klublari bilan tengma-teng kurash olib borishlar, klub tarixida o‘tgan asrning yorqin yulduzlari bo‘lgan Afzal Azizov, Stepan Atoyan, Ravshan Bozorov, Asad Do‘rmonov, Rustam Do‘rmonov, Sergey Zavalnyuk, Sergey Lebedev, Andrey Miklyayev, Vladimir Radkevich, Andrey Rezansev, Aleksandr Tixonov va Andrey Fedorov kabi futbolchilarning ajoyib o‘yinlari, jamoa tarixidagi eng sovrindor sobiq bosh murabbiy Yuriy Sarkisyanning o‘yin paytidagi reaksiyalari, bundan tashqari yaqin o‘tmishning nomdor futbolchilari bo‘lgan Sergey Ni, Anvar Berdiyev, Maksim Usmonov, Sanjar Asqaraliyev, Abdumajid Toirov, Mansur Saidov kabi futbolchilarning yorqin o‘yinlari, Iqbol Akramovning qanotdagi reydlari, Akmal Xolmatovning jarima zarbalaridan kiritgan shedevr gollari haliveri ko‘z oldimizdan ketmasa kerak.

Namangan hamda Farg‘onadagi derbilarni-ku aytmay qo‘yaqolaylik. O‘yindagi muhit, muxlislar bilan to‘lib toshgan stadionning g‘uvillashlari, uchrashuvning har bir daqiqasidagi keskin kurashlarni sog‘inib eslaymiz. Sobiq bosh murabbiy Yuriy Vazgenivochning «Neftchi»sida o‘zgacha shiddat, o‘yinlarida o‘zgacha mazmun bor edi. Legionarlarsiz, mahalliy futbolchilar bilan yuksak marralarni ko‘zlab unga erisha olgan bu murabbiy, yoshlarni kashf qilishni do‘ndirardi. Ming afsuski, u paytlardagi «Neftchi»ni oxirgi yillarda unutib qo‘ygandik.

Umid qilamizki, Farg‘ona jamoasi yana tez fursatda Superligaga qaytadi va avvalgi mavqeini tiklab, yurtimiz sha’nini OCHL bahslarida munosib himoya qiladi. Biz «Neftchi»ning va u bilan o‘tgan avvalgi derbilarni juda sog‘indik. Namanganlik muxlislar nomidan farg‘onalik muxlislarga tilagimiz, bo‘shashmanglar! «Neftchi» hozir hammadan ham ko‘ra sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muxtojdir. Sizning ko‘magingiz esa jamoani yana kuchlilar safiga qaytaradi. Ishonamizki, «Neftchi» hali o‘z so‘zini aytadi.

Manba: «Навбаҳор» мухлислар клуби канали
Kiritildi: 19:46, 05.03.2019.
O'qildi: 3571 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.