Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

«Real Madrid»ga nima bo‘ldi? Inqiroz sabablari...

«Real Madrid»ga nima bo‘ldi? Inqiroz sabablari...

Baho:
+ | -

So‘nggi muhim o‘yinlarda «Qirollik klubi» mag‘lubiyatlar ko‘chasiga kirib qoldi. Klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirda 3 bor ketma-ket chempionlikdan so‘ng  klub YCHL bilan xayrlashdi. Bunga o‘rtamiyona «Ayaks» ko‘maklashib yubordi.
Zidan va Ronaldo ketgach, «Real Madrid» sezilarli darajada kuchsizlashib qoldi. Bugun «Real Madrid» jamoasining muammosi nimada ekanligini tahlil qilib ko‘ramiz

Yoshi o‘tib qolgan futbolchilar

«Real Madrid»ning YCHLni ketma-ket qo‘lga kiritgan tarkibiga yaxshiliab nazar soling: Toni Kroos 30 yosh, Serxio Ramos 33 yosh, Modrich 34 yosh, Beyl 30 yosh, Benzema 32 yosh, Keylor Navas 33 yosh, Marsello 31 yosh, Nacho Fernandez 30 yosh, Kazemiro 28 yosh, Ronaldo 34…

E’tibor berilsa, «Real Madrid»ning ketma-ket chempionlik shohsupasiga olib chiqqan futbolchilarning yoshlari ancha o‘tib qoldi. Bundan tashqari bu futbolchilar klublar o‘rtasida qanday sovrinlar bo‘lsa, deyarli hammasida g‘olib chiqishdi. O‘z-o‘zidan motivasiyaning keskin tushib ketishi odatiy xolat. Vinicius Junior, Asensio, Regilon singari yoshlarning g‘alabaga chanqoqligi esa katta zafarlar uchun yetarlicha bo‘lmasligi aniq. Klub hozirda avlodlar almashinuvini boshidan o‘tkazish arafasida turibdi. Bu holat osonlik bilan o‘tib ketmaydi va o‘yinlar sifatiga ham ta’sir etmasdan qolmaydi.

Ronaldoning ketishi

«Real Madrid»ning  bu mavsumdagi omadsiz o‘yinlarini juda ko‘pchilik Ronaldoning ketgani bilan bog‘lamoqda. Aslida, ham shundaymi? O‘ylab qaralsa, portugaliyalik afsonaning klubda tutgan o‘rni beqiyos edi. Har mavsumda 50 ta gol uradigan futbolchining o‘rni har qanday klubda bilinib qolishi oddiy holat. Ronaldoning jamoadan ketishiga asosiy sabablardan biri bu - sobiq jamoadoshlarida motivasiyaning qolmagani desak, adashmagan bo‘lamiz. Ronaldo o‘z daromadining katta qismini  imidji va reklama agentliklari orqali olishi hech kimga sir emas. Ronaldo jamoadoshlaridagi g‘alabaga chanqoqlik yo‘qolishini sezishi bilanoq, jamoani tark etdi. U tug‘ma chempion va doim 1-o‘rin uchun kurashdi. To‘g‘ri, «Yuventus» safida YECHLda g‘alaba qozonish biroz qiyindek ko‘rinmoqda, ammo «Yuve» hali turnirdan chiqib ketganicha yo‘q va ularda imkoniyat saqlanib turibdi.

Ronaldo jamoadan ketgach, bu holat «Real Madrid»ning o‘yiniga va ruhiy holatiga yaxshigina zarba bo‘ldi deb bemalol ayta olamiz. Sababi yaxshi futbolchilarning o‘rni doimo ular ketgachgina seziladi…

Florentina Perezning xatolari

Tan olish kerak Perez janoblari «Real Madrid» uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Deyarli hamma sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramasdan qahramonimiz so‘nggi yillarda ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi va jamoani kuchsizlanishiga o‘zi istamagan holda sabab bo‘ldi. Quyida uning xatolarini sanab o‘tamiz

1- Ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotgan, eng qiyin chog‘larda jamoaning joniga oro kirgan darvozabonning o‘rniga iqtidorli, ammo yosh Kurtuaning olib kelinishi.

2- Bir necha yillardan beri jarohatlar girdobiga tushib qolgan Beylning va Ronaldodek futbolchilarga o‘z vaqtida o‘rinsbosar tayyorlay olmagani.

3-Zidandan so‘ng katta tajribaga ega bo‘lmagan murabbiylarni tavakkal tayinlab klub obro‘sining keskin tushishiga sabab bo‘ldi.

4- Chinakam gol mashinasiga aylangan Ronaldoning jamoada olib qolish uchun hech qanday chora ko‘rmagani esa hamma xatolarning birdaniga yuzaga otilib chiqishiga sabab bo‘ldi.

5-Ronaldo ketgach, zudlik bilan uning o‘rnini to‘ldira olmadi va Mariano Diazga uning raqamini topshirdi. Vaholanki, bu raqam uchun munosib futbolchilarni olib kelish uchun unda imkon ham, vaqt ham yetarli edi.

Avlodlar almashinuvi

Futbol - qiziq olam, uning o‘ziga yarasha yozilmagan qonun-qoidalari mavjud. Ana shunday qoidalardan biri bu - avlodlar almashinuvi. «Real Madrid» o‘z darajasiga chiqib olish uchun bu holatni boshidan o‘tkazishga majbur. Shunga qaramay, hursand qiluvchi omillar ham yo‘q emas. Klub agar Vinsiusning shakllanib borishini ta’minlay olsa, u kelajakda Ronaldo, Messi singari 1-raqamli futbolchiga aylana oladi. Bilasizmi, nega uni «Qirollik klubi» muxlislari bu qadar tez yoqtirib qolishdi? Sababi unda, uning ko‘zlarida g‘alabaga chanqoqlik shundoq ko‘rinib turibdi. U hali futbol olamida o‘z so‘zini aytganicha yo‘q, U hali «La Liga»da ham g‘oliblik ta’mini totib ko‘rmadi. Ilk YCHLsidan chiqib ketganida esa qanday ko‘z yosh to‘kkanini butun dunyo ko‘rdi. Bu futbolchi atrofida yangi jamoa tuzilsa, o‘ylashimcha, kelajakda yaxshi natijalar qayd etish mumkin. Zero, Vinisuisning potensiyali bunga yetadi.

Buyuk klub

«Real Madrid» o‘z tarixi, millionlab muxlislari, obro‘- e’tiboriga ega klub. U Ronaldo  yoki Zidan yordamida buyuklikka erishdi deyish noo‘rin. Aksincha, bu klub ko‘plab yulduzlarni buyuklar safiga qo‘shdi. Bir asrlk urf-odatiga ega klub nimalarni ko‘rmadi deysiz?! Gohida keskin pasayish, gohida sayyoramizning eng kuchli klubi nomini qaytarib oldi. Hozirgi tushkun vaziyat esa o‘tkinchi holat. Har qanday buyuk klublar o‘z tarixida bir necha bor shunday holatga tushib qolishgan va undan mardonavor chiqib ketishni uddalashgan. Ularning buyukligining sababi ham mana shundadir, balki?! Men ishonaman, «Real Madrid» tez orada o‘z taxtiga qaytadi va buyuk klub ekanligini hammaga yana bir bor isbotlaydi!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:50, 07.03.2019.
O'qildi: 13868 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.