Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Qilichbozlarimizdan xushxabar davom etadi

Qilichbozlarimizdan xushxabar davom etadi

Baho:
+ | -

Iordaniya poytaxtida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bir necha kun muqaddam o‘smirlar toifasida sablya qurolida kechgan bellashuvlarda Sherzod Mamutov yakkalik bahsda, termamiz esa jamoaviy bahsda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Ayni paytda yoshlar toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda.

E’tiborlisi, bugungi bellashuvlarda jang olib borgan sablyachi qizlarimiz ham shohsupaga ko‘tarildilar. Ular chorak finalda ancha jiddiy hisoblangan singapurlik raqibalarini 45:44 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya termasiga imkoniyat boy berildi. Bu yakunda qizlarimizga shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishlarini ta’minladi. Qo‘shimcha reyting ochkolari uchun yarim finalning narigi juftligida mag‘lub bo‘lgan yaponiyalik yoshlarga qarshi bahs o‘tkazilib, unda 45:31 hisobida vakilalarimizning qo‘li baland keldi.

Musobaqada Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova hamda Zaynab Dayibekova kabi qizlarimiz terma jamoa sharafini himoya qilishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:31, 07.03.2019.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик