Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Bunyodkor» futbolchilari klub prezidenti bilan uchrashdi

«Bunyodkor» futbolchilari klub prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun «Bunyodkor» akademiyasi majlislar zalida klub prezidenti Ashurov Ulug‘bek Murodilloyevich futbolchilar va murabbiylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda «Bunyodkor»ning yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan yig‘inlar, mavsum oldida klub oldga qo‘yilayotgan vazifalar, rejalar haqida so‘z yuritildi.

-O‘tgan mavsumda «Bunyodkor» klub jiddiy sinovlarni boshidan o‘tkazdi. Joriy tarkibni moliyaviy ta’minlash bilan birga eski yillardan yopilmay qolib ketgan qarzdorliklar masalasini ham hal qilishimizga to‘g‘ri keldi. Umid qilamanki, barcha qiyinchiliklar ortda qoldi hamda endi «Bunyodkor»da bu masalada muammolar bo‘lmaydi. Biz imkoniyat darajasida klubdan o‘z yordamimizni ayaymaymiz. Sizning vazifangiz – futbol  o‘ynash. Siz chiroyli futbol o‘ynab yuqori marralarni zabt eting, moliyaviy masalalarni biz hal qilamiz. Imkon bo‘lsa «O‘zbekneftgaz»dan tashqari ham homiylar jalb qilamiz. Klub siyosati o‘zgarmaydi: yoshlarni tarbiyalash, turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchi yetkazib berish, yosh futbolchilarga imkoniyat berishda davom etamiz. «Bunyodkor» asosiy jamoasi, U-18, U-21, ayollar futzal jamoasi, klub akademiyasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Sizlarning rohatlanib futbol o‘ynashingiz uchun barcha sharoitlar aratib beriladi. Agar takliflar, sizlarni qiynayotgan muammo yoki savollar bo‘lsa marhamat bildirishingiz mumkin.

Klub prezidentining ushbu fikrlaridan so‘ng jamoa sardori Murod Zuhurov so‘z olib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-YUqorida aytilganidek, o‘tgan mavsumda klub atrofida turli gap-so‘zlar bo‘lgach, biz ham xavotirda edik. Shukrki barcha masalalar hal etildi va biz yangi mavsumda Superligada ishtirok etishimiz aniq bo‘ldi. Klub direktori bilan uchrashganimizda ham bu mavsumda moliyaviy muammolar bo‘lmasligi haqida alohida aytib o‘tildi. Biz futbolchilarga shunday sharoit yaratib berilayotgani, bizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun klub homiylariga, klub rahbariyatiga jamoa a’zolari nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Nasib etsa yangi mavsumda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, ishonchni oqlaymiz.

Shuningdek, klub bosh murabbiyi Vadim Abramov ham o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

-Jamoaga yangi tanlanganimda klubning maqsadi yosh futbolchilarga e’tibor qaratish va ularga ko‘proq imkoniyat yaratib berish lozimligi aytilgan edi. O‘tgan davr mobaynida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdik hamda e’tiborimizni klub tarbiyalanuvchilariga qaratdik. Bugungi tarkibga e’tibor bersangiz, ko‘pchiligi «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari, ayrimlari o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynagan va hali katta futboldan nafas olmagan futbolchilar hisoblanadi. Murabbiylar shtabi yangi mavsumda ushbu futbolchilar bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga, rahbariyat hamda homiylar ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Shundan so‘ng klub direktori  Ulug‘bek  Mirzayev yangi mavsumda futbolchilar Nike sport formalaridan foydalanishini aytib o‘tdi hamda klub prezidentiga ushbu sport formalaridan namunalar ko‘rsatildi.

Muloqot yakunida Ulug‘bek Murodilloyevich so‘z olib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

-Ko‘rinib turibdi, ko‘pchiligingiz yoshsiz. Murabbiy ta’kidlaganidek ayrimlaringiz endi kata futbolga kirib kelyapsiz. Biz sizga o‘zingizni ko‘rsatishingiz, o‘z iqtidoringizni namoyish etishingiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Bu mavsumda moliyaviy muammolar bo‘lmaydi. Siz maydonga chiqing va rohatlanib futbol o‘ynang! «Bunyodkor» har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoa. Yangi mavsumda ham shunday bo‘lsin: chempion bo‘lolmasangiz ham chempionlik uchun harakat qiling, yuqori o‘rinlarni egallang. Bu borada sizlarga qanday yordam kerak bo‘lsa, biz tayyormiz!

Uchrashuv so‘nggida klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev ham so‘z olib, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun klub homiylariga alohida tashakkur izhor qildi. O‘z navbatida futbolchilarga bildirilgan ishonchni to‘laqonli oqlash uchun o‘z ustilarida tinmay ishlashlari lozimligini uqtirdi. Shuningdek, futbolchilardan Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov ham so‘z olib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Kelgusida klub ravnaqi uchun bor mahoratini sarflab, ishonchli g‘alabalar bilan muxlislarni xursand qilishga va’da berishdi.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 08:43, 08.03.2019.
O'qildi: 3334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.