OCHLning 2-turidagi o‘yinimizni singapurlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bellashuvda Muhammad Taqi boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. U hozirgacha "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarib bormagan. Uning yordamchilari ham Singapurdan.
Quvaytlik Saad Al Fadhli hakamlar nazoratchisi etib tayinlangan bo‘lsa, vyetnamlik Vo Xay Te uchrashuv komissari sifatida faoliyat yuritadi.
"PAXTAKOR" - "AL AHLI"
Hakamlar: Muhammad Taqi, Li Szyu Liang, Ronni Gu Minji, Fu Chuan Xay (Singapur).
Hakamlar nazoratchisi: Saad Al Fadhli (Quvayt).
Komissar: Vo Xay Te (Vyetnam).