Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ro‘ziqul Berdiyev: «Dinamo»ning eng yaxshi o‘yinchisi – stadion to‘la muxlislari bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Dinamo»ning eng yaxshi o‘yinchisi – stadion to‘la muxlislari bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Nasaf» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- O‘yin haqida shuni aytishim mumkinki, hisobda oldinda bora turib yakunda durang qayd etish bizni qoniqtirmadi. Chunki g‘alabani ushlab qola olmadik. Bu "Nasaf"ga xos natija emas. Bu bizni biroz ranjitdi. “Dinamo” aynan uzun paslar orqali o‘ynashi va jarima maydonchasiga oshirmalar orqali vaziyatlar yaratishini bilardik. Ammo gol o‘tkazilgan vaziyatda diqqatni birozgina yo‘qotish qimmatga tushdi.

Tan olish kerak, tanaffusdan keyin ikkinchi bo‘limning dastlabki qismini juda yomon boshladik. G‘alabani ilib ketish uchun vaziyatlar yetarlicha bo‘ldi. Ammo hujumlarga oxirgi nuqtani qo‘yishda oqsadik. "Dinamo" jamoasi ham o‘yinga bo‘lgan e’tibori, jiddiy yondoshuvi va ishtiyoq evaziga yaxshi o‘ynashdi. Ularning bugungi o‘yini natijaga mos ravishda bo‘ldi. Ya’ni, jamoa ochko olishga munosib o‘ynadi.

Bir ochko oldikmi yoki ikki ochko yo‘qotdikmi? Dastlab aytganimdek, bugun biz qimmatli 2 ochkoni yo‘qotdik. Chunki g‘alabani ushlab qololmadik. Lekin raqibning o‘yini durangga mos bo‘ldi. “Dinamo”ning eng yaxshi futbolchisi – stadionni to‘ldirgan muxlislari bo‘lishdi. Aynan ularning qo‘llab-quvvatlovi va daldasi ularga qo‘l keldi. Stadiondagi muhit ajoyib bo‘ldi. Tan olish kerak, har ikkala jamoa muxlislari yaxshigina muhitni vujudga keltirishdi.

Sharof Muhitdinov nega ko‘rinmadi? OTJ yig‘inida mazkur futbolchi jarohat olgan va jamoaga jarohatlanib qaytdi. Bobir Abdixoliqovda ham kichik jarohat borligi uchun uni zaxiradan tushirdim. Shu boisdan ham tavakkalga qo‘l urmadim. Bobir, Sharof va Aziz safimizga qaytganidan so‘ng "Nasaf" yanada kuchayadi.

G‘aniyev qachon qaytadi? Shifokorlarning ma’lum qilishicha, yaqin 20-25 kun ichida G‘aniyev umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi mumkin. O‘ylaymanki, Aziz tezroq jamoaga qaytadi.

Hujumchilarimizda biroz sovuqqonlik yetishmadi. Bugungi o‘yinning qadri va ahamiyati yuqori bo‘lgani uchun hayajonlanishdi. Tarkibimiz asosan yosh. shu boisdan ham har bir futbolchi bilan alohida suhbatlashganimizda, qiyin paytda o‘yinni o‘z qo‘liga olib, yetakchilik xususiyatlarini namoyish etishlari kerakligini talab qilaman.

Jamoaning yangi mavsumdagi asosiy maqsad va vazifasi e’tiborni yoshlarga qaratish, ko‘plab iqtidorlarni yetkazish va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishdan iborat. Jamoa oldiga yangi mavsumda yuqori vazifalar qo‘yilmaydi. Qo‘yilsa ham noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki hozirgi klub olib borayotgan siyosat va imkoniyati chempionlik, sovrinli o‘rinlar yoki kubok uchun kurashadigan darajaga mos emas. Lekin biz albatta yosh jamoa bilan ham "Nasaf"ning asl qiyofasini yo‘qotmaslikka, raqobatbardosh jamoa tuzishga harakat qilamiz. Chunki qo‘l ostimda juda ko‘p yoshlar, iste’dodlar bor. Hali jarohatdagi futbolchilar qaytishsa, jamoa yanada kuchayadi. Bunga esa ozgina vaqt kerak. Bugungi bahs mavsumdagi ilk o‘yin. Balki bugun juda mazmunli o‘yin namoyish etmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo umumiy olganda, jamoam ko‘rsatgan futbol menga yoqdi. "Nasaf" tutgan yo‘l yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi.

Raqibning ojiz nuqtasi? Biz ular jismoniy taraflama 90 daqiqa o‘ynay olmasliklarini bilardik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘yin oxirida tashabbus bizning qo‘limizda bo‘ldi", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: Stadion
Kiritildi: 12:01, 10.03.2019.
O'qildi: 1989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.