Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang “Manchester Yunayted” ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda xato qilgandim. Bugun esa penaltidan gol urdim. Barchasi o‘z qo‘limizda. Biz chempionlar ligasiga qaytishni xohlaymiz”, -deydi Obameyang Sky Sports nashriga bergan intervyusida.