Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bahodir Jalolovning jangiga uch kun qolganda raqib o‘zgardi

Bahodir Jalolovning jangiga uch kun qolganda raqib o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovning (4-0 4 KO) raqibi jang boshlanishiga uch kun qolganida o‘zgardi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 mart kuni unga qarshi kolumbiyalik Santander Silgado (28-6, 22 KO) raqiblik qilishi lozim edi. Ammo Silgado 23 mart kuni amerikalik Chazz Uizerspun (37-3, 28 KO) bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi va Bahodir Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortdi.

Endilikda Bahodir Jalolovga boshqa bir amerikalik bokschi Villi Harvey (3-1-1, 3 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 16:41, 12.03.2019.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик