Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

WBC yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschi bir pog‘ona yuqoriladi

WBC yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschi bir pog‘ona yuqoriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning nufuzli yo‘nalishi sanalgan WBC fevral oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir pog‘ona ko‘tarilib, 5-o‘ringa joylashdi. WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan Azizbek bir oy muqaddam reytingda 6-pog‘onani band etib turgandi.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi o‘rni — 5 o‘rinni saqlab qolgan. Ayni vaqtda u IBF reytingida 4, WBO reytingida esa 11-o‘rinlarni egallab turibdi.

WBC yo‘nalishi bo‘yicha reytingda o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 11:53, 13.03.2019.
O'qildi: 3272 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик