Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

«Qo‘qon-1912»ning eng qimmat futbolchisi kim?

«Qo‘qon-1912»ning eng qimmat futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

Dunyoga mashhur transfermarkt.de sayti futbolchilarning taxminiy transfer narxi haqida ma’lumot berib borishidan barcha xabardor bo‘lsa kerak.

Ushbu saytda O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan jamoalarning transfer narxlari xususida ham ma’lumot berilgan.

Unga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning eng qimmat klubi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bo‘lib turibdi. “Sherlar”ning taxminiy transfer narxi 15,08 million yevro deb baholangan. Ikkinchi o‘rinda esa poytaxtning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv” joy olgan. “Temiryo‘chilar”ning transfer narxi 9,90 million yevroni tashkil etmoqda.

Uchinchi o‘rin Namanganning “Navbahor” klubiga tegishli. “Lonchinlar”ning umumiy transfer narxi – 6,45 million yevroga teng.

“Qo‘qon-1912” jamoasining umumiy tranfser narxi – 4,20 million yevro yevro deb qayd etilgan.
Tarkibimizdagi eng transferi yuqori bo‘lgan futbolchi Murod Xolmuhamedov bo‘lib turibdi. Uning taxminiy transfer narxi 500 ming yevroga baholagan.

Jamoaning yana bir yetakchisi Aleksandr Merzlyakovning taxminiy transfer narxi 450 ming yevroni tashkil etmoqda. Qo‘qonliklar safida bir necha mavsumdan buyon to‘p surib kelayotgan Suhrob Berdiyevning taxminiy transfer narxi 400 ming yevroga teng.
Ko‘pchilikni legionerlarimizning transfer narxlari qiziqtirayotgan bo‘lsa kerak. Bu borada transfermarkt.de saytidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Legioner futbolchilarimizning taxminiy transfer narxlari bilan tanishing:
Boyan Knejevich (Serbiya) – 100 ming yevro
Marko Milich (Serbiya) – 200 ming yevro
Milosh Nikolich (Serbiya) – 100 ming yevro
Yana bir legionerimiz Olivye Bonnes (Niger) – 270 ming yevro)ning transfer narxlari hozircha “Qo‘qon-1912”ning umumiy transfer narxiga qo‘shilmagan.
Eslatib o‘tamiz, transfermarkt.de saytidagi ma’lumotlarda taxminiy transfer narxlari keltirilgan bo‘lib, futbolchilarning haqiqiy transfer narxlaridan farqlanishi mumkin.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 15:00, 15.03.2019.
O'qildi: 4371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.