Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sharof Muhitdinov: «Sovrinli o‘rinlar uchun kurashish niyatidamiz»

Sharof Muhitdinov: «Sovrinli o‘rinlar uchun kurashish niyatidamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

«Nasaf» futbol akademiyasi, mana bir necha yildirki, terma jamoalarimizga iqtidorli yoshlarni yetkazib bermoqda. Qarshi klubi bu borada yurtimizda yetakchilardan biri hisoblanadi. Shunday umidli futbolchilardan biri - Sharof Muhitdinov anchadan buyon «Nasaf»da faoliyat yuritib, asosiy tarkibning ajralmas qismiga aylandi. Ro‘ziqul Berdiyevning ishonchini oqlab, yetakchilardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi hisoblangan yarim himoyachi muxbirimiz bilan suhbatda olimpiyachilarning so‘nggi yig‘inidan olgan taassurotlari hamda «ajdarlar»ning joriy mavsum o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi.

- Dastlab olimpiya terma jamoasining Ispaniya va Turkiyada tashkil etilgan yig‘inlari xususida gapirsangiz...

- Barchasi ajoyib. Faqat ijobiy fikr bildirishim mumkin. Umuman, yig‘in yaxshi tashkillashtirildi. Yangi murabbiyning uslubiga tezroq moslashishga harakat qildik. O‘ylaymanki, saralash bahslari startigacha har taraflama tayyor holatda bo‘lamiz. Hozir «Nasaf» bilan bor e’tiborni Coca Cola Superliga birinchi turi doiraasidagi o‘yinga qaratyapmiz. Ichki muhit a’lo darajada.

- Lyubinko Drulovichning o‘yin uslubiga ko‘nikish jarayonida qiyinchiliklar kuzatilmadimi?

- Yo‘q! Bu borada muammo sezmadik. Har bir murabbiy o‘z uslubiga ega. U xoh himoyaviy, xoh hujumkor sxema tanlasin, bizning vazifamiz uni vaqtida o‘zlashtirish va ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdan iborat.

- Ispaniya, so‘ng Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borildi. O‘zingiz va jamoadoshlaringizning jismoniy holatini qanday baholaysiz?

- Jismoniy holatimiz yaxshi. To‘g‘ri, uzoq parvozdan so‘ng toliqishimiz mumkin, lekin tezda tiklanib, chempionat o‘yinlarida jamoamga yordam berishni istayman.

- Olimpiya termasi bosh murabbiyining o‘yinga yondashuvi qanday?

- Asosan qarshi hujumdan unumli foydalanishga e’tibor qaratarkan. Yuzaga kelgan vaziyatlarni ko‘kka sovurmaslik va maydonda bor kuch bilan harakat qilishni talab etadi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida murabbiy ko‘rsatmalari asosida yaxshi o‘yin namoyish etdik, deb o‘ylayman. Musobaqa davomida qilingan mehnatlar o‘z samarasini berishiga ishonchim komil.

- Saralash bosqichida bizga raqiblik qiladigan jamoalar xususida nima deya olasiz?

- Hozirgi vaqtda Osiyodagi barcha mamlakatlarda futbol rivojlanmoqda. Har qanday jamoaga hurmat ruhida qarash lozim. Mensimaslik yomon oqibatlarga olib boradi. Shuning uchun biz har bir raqib bilan bo‘ladigan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bilamiz, siz barcha chiziqlarda o‘ynash qobiliyatiga egasiz. Murabbiy bilan shu masalada alohida gaplashdingizmi?

- Qayerda o‘ynatsa, qaysi pozisiyaga qo‘ysa, o‘sha yerda o‘ynashga harakat qilaman.

- Ravshan Akmalovichning borligi sizlarga yengillik tug‘dirayotgan bo‘lsa kerak?

- Albatta. Ravshan Haydarovning borligi bizga yordam berdi. U tajribali mutaxassis, o‘zbek futbolchilarining nimalarga qodirligini biladi va bu borada jamoa bosh murabbiyiga ham ko‘p tavsiyalari asqotishi turgan gap.

- «Nasaf» bu yil o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan?

- Futbol muxlislari bilishadi, tarkibimiz sezilarli tarzda yoshardi. Ammo shunga qaramasdan, sovrinli o‘rinlar uchun kurashamiz. Qashqadaryo xalqi futbolni sevadi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga har qanday jamoani taslim etishda ko‘mak bo‘ladi. Hatto yosh tarkib bilan o‘tgan yili OCHLda minglab ishqibozlar qarshisida qit’amizning eng kuchli jamoalari - «Al-Sadd» va «Al-Vasl»ni yengib, «Persepolis» bilan durang o‘ynagandik.

- Yevropa Chempionlar Ligasini kuzatyapsizmi?

- Albatta, bunday turnirlar hamisha ko‘pchilikning diqqat markazida turadi.

- Sizningcha, «Real Madrid»ning omadsizligiga sabab nima?

- O‘ylashimcha, jamoada Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi, Zidanga o‘xshagan murabbiy yetishmadi. Avlodlar almashinuvi ro‘y berayotgani sezilmoqda, juda ko‘p yosh futbolchilarga tajriba yetishmayapti. Biroq natijalar qoniqarsiz bo‘lsada, bu ular uchun katta foyda bo‘lmoqda. Bir kun kelib shu yoshlar to‘plab, jamoaga naf keltirishadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:46, 17.03.2019.
O'qildi: 1947 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.