Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Qudratillo Abduqahhorovning bo‘lajak raqibi aniqlangan yilning eng asosiy jangi bo‘lib o‘tdi

Qudratillo Abduqahhorovning bo‘lajak raqibi aniqlangan yilning eng asosiy jangi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasining IBF yo‘nalishi chempioni, amerikalik Errol Spens (25-0, 21 KO) asli meksikalik bo‘lgan, to‘rtta vazn toifasi  sobiq chempioni Mayki Garsiyaga (39-1, 30 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Mayki bu jangda ishtirok etish uchun bir yo‘la ikkita vazn toifasiga ko‘tarilishiga to‘g‘ri keldi. Ammo bu tavakkal o‘zini oqlamadi. Bungacha yarim yengil (57,15 kg), super yarim yengil (58,97 kg) yengil (61,23 kg) va super yengil (63,5 kg) vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchi bu safar salkam 5 kg ortiqcha vazn to‘plashiga to‘g‘ri keldi.

Jangning dastlabki raundlaridan, oxiriga qadar Errol Spens yaqqol ustunlik qildi. Bo‘y va qo‘llarining uzunligidan unumli foydalangan amerikalik sportchi yakunda hakamlarning bir ovozdan (120-108, 120-108, 120-107) bergan ovoziga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Elatib o‘tamiz, mazkur vaznda ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KO) 30 mart kuni aynan Spens chempion bo‘lib turgan IBF yo‘nalishida birinchi raqamli, majburiy da’vogar bo‘lish uchun ringga chiqadi. Agar u g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, aynan Errol Spensga qarshi ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 13:57, 17.03.2019.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.