Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Jahon chempionatida ishtirok etgan qahramonlarimiz munosib kutib olindi

Jahon chempionatida ishtirok etgan qahramonlarimiz munosib kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

8-15 mat kunlari AQSHning Las-Vegas shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.

Xususan, qizlar terma jamoamiz 7 ta oltin va 2 ta kumush medallarini jamg‘arib, o‘zbek og‘ir atletikasi tarixida yangi solnoma ochdi. Bugun mazkur jahon chempionatida ishtirok etgan qahramonlarimiz Toshkent xalqaro aeoroportiga yetib kelishdi. Ularni tantanali kutib olish jarayonida qator OAV, sport jamoatchiligi, muxlislar va ota-onalar ham ishtirok etdilar.

Argentinadagi Olimpiadadan keyin hamma mendan bu jahon chempionatidayam birinchi o‘rinni olishimni kutgandi. Bunga erishdim ham. Ushbu g‘alabaga erishishim qiyin bo‘lmadi. Negaki, o‘smirlar Olimpiadasidagi, Toshkentdagi yoshlar jahon chempionatidagi raqiblarimning aksariyati AQSHda bor edi. Hozir Tokio Olimpiadasiga ochkolar yig‘ish boshlangan. Oldindagi maqsadim ushbu musobaqaga yo‘llanma olish va undan ham medal bilan qaytish”, – dedi Kumush Fayzullayeva.

1 hafta davom etgan dunyo birinchiligida terma jamoamiz vakillari 16 ta medal jamg‘arishga erishdilar. Shulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush, va 2 tasi bronza medallaridir. Albatta, bunday natijalarning zamirida mashaqqatli mehnat yotibdi.

Musobaqadan avval rejalashtirgan maqsadimizga erisha oldik. Chempionat mart oyida bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda sportchilarimiz uzluksiz mashg‘ulot olib borishlarini ta’minladik. Hatto yangi yilni ham bular sport bazasida kutishdi. Bu dunyo birinchiligida qizlarimiz shunchaki oltin medal olibgina qolmasdan, balki, jahon rekordlarini o‘rnatishdi. Kumushxon Fayzullayeva musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi. 2019 yil Tokio Olimpiadasiga lisenziya beradigan yil ekanligini inobatga olsak, mavsumni mana shunday yuqori saviyada boshlab olganimiz, albatta, keyingi turnirlarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bizni bu yil oldinda kutib turgan Osiyo va jahon chempionatlarida ham yuqori o‘rinlar bilan qaytishga harakat qilamiz”, – deydi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov.

Quyida ushbu musobaqada medal qo‘lga kiritgan sportchilarimiz nomini yana bir bor yodga olib o‘tamiz:
Og‘abek Nafasov – 2 ta kumush
Nigora Abdullayeva – 3 ta oltin
Asadbek Narimonov – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Kumushxon Fayzullayeva – 3 ta oltin
Tursunoy Jabborova – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Mirhosil Mirzaboyev – 2 ta bronza

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:05, 18.03.2019.
O'qildi: 1977 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.