Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar «Futbol do‘stlik uchun» loyihasida ishtirok etadilar

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar «Futbol do‘stlik uchun» loyihasida ishtirok etadilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
18 mart kuni Moskvada Yevropa Chempionlar ligasining rasmiy hamkori Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasining yangi  yettinchi mavsumiga start berildi. 

 Bu yil loyihaning yakuniy bosqichi 28 maydan 2 iyunga qadar Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Loyihaning asosiy maqsadi bolalar va o‘smirlar sportini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, yosh avlod o‘rtasida turli millatlar va madaniyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.   O‘g‘il va qiz bolalar, shuningdek, nogironligi bor bolalar har yili muntazam ravishda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida qatnashib, 9ta qadriyat: do‘stlik, tenglik, adolat, sog‘liq, tinchlik, sodiqlik, g‘alaba, an’analar va faxr tuyg‘ularini targ‘ib qilishadi.   “Futbol do‘stlik uchun”  loyihasining yettinchi mavsumi doirasida turli mamlakatlarda bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bolalar va katta yoshdagi insonlar “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bayram kunini birgalikda nishonlashadi, o‘rtoqlik o‘yinlari va mahorat darslarida qatnashishadi,  shuningdek, bir-birlariga loyihaning rasmiy ramzi – tenglik va sog‘lom turmush tarziga ixlosmandlikning ifodasi bo‘lgan, musaffo osmon va yashil maydonni anglatadigan ko‘k va yashil rangli iplardan tarkib topgan do‘stlik Bilaguzugini boylashadi.     Butun dunyodan tashrif buyuradigan Yosh jurnalistlar “Futbol do‘stlik uchun” loyihasini Xalqaro matbuot markazida yortish orqali o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi. Bolajonlar muxbirlik kasbining sir-asrorlarini o‘rganishadi, shuningdek, dunyoning yetakchi OAV vakillari bilan bir safda ijod qilib, katta tajriba to‘plashadi.   Bu yil yosh ishtirokchilar orasida nafaqat futbolchi, murabbiy va jurnalist, balki Yosh hakamlar – turli mamlakatlardan taklif qilinadigan hakamlik maktabi o‘quvchilari ham bo‘ladi. Ular bir necha kun davomida Xalqaro do‘stlik oromgohining bir qismiga aylanishadi.    Loyihaning yakuniy bosqichida “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro forumi o‘tkaziladi. Uning asosiy voqeasi ishtirokchilar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘ladi. Jahon chempionatining finali Madrid shahri qoq markazida, “Plasa-Mayor” maydonida bo‘lib o‘tadi. Yettinchi mavsum yakunida ishtirokchilar Madrid shahridagi “Vanda Metropolitano” stadionida o‘tkaziladigan Yevropa Chempionlar ligasi finalini birgalikda tomosha qilishadi.   “Gazprom” kompaniyasi tomonidan amalga oshirib kelinayotgan “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi butun dunyodagi bolalarda qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni shakllantirib, ular o‘rtasidagi to‘siqlarni yo‘qotishga, ularni yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. Bu loyiha turli millat vakillari bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikda ishlash imkonini taqdim qiladi”, - deydi Soccer Barcelona Youth Academy asoschisi Mikel Puch.    “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi bizga butun dunyodan do‘stlar orttirish, boshqa millat vakillari bilan yaqin aloqalarda bo‘lish uchun qulay imkoniyat. Men bu loyihaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman”, - deydi hindistonlik yosh jurnalist Ananya Kambodj.
  "Futbol do‘stlik uchun" loyihasining yettinchi mavsumida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar va yosh murabbiy ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekistonning mazkur loyihada uchinchi bor ishtirok etishi. 2017 yilda mazkur loyihada "Lokomotiv" vakili Ilyos Ahmedov, 2018 yil esa "Bunyodkor" a’zosi Muslim Abdumannopov ishtirok etgandi.
Manba: uzb32.jpg
Kiritildi: 17:57, 19.03.2019.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.