Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

O‘zbekistonda ilk bor «Doctors community cup – Tashkent – 2019» xalqaro turniri o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor «Doctors community cup – Tashkent – 2019» xalqaro turniri o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ushbu turnir Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Aytish mumkinki, yurtimiz shifokorlari o‘rtasida futbol, ayniqsa, eng ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning futbol bo‘yicha shifokorlar terma jamoasi bir necha yillardan beri futbol bo‘yicha shifokorlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazib kelinadigan Jahon chempionatida ham muvaffaqqiyatli qatnashib keladi. 2018 yildan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi homiylikni o‘z zimmasiga olib, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgani jamoani yanada ruhlantirmoqda.

Bu haqda joriy yilning 25 – 30 mart kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Ukraina shifokorlarining futbol jamoalari ishtirokida o‘tadigan “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ma’lumki, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yil mart oyi boshidan buyon haftaning har shanbasida Respublika yurish kuni, Respublika yurish marofoni kabi ommaviy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mazkur xalqaro turnir ham ushbu sa’y-harakatlarning uzviy davomidir. Ya’ni, sog‘liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shifokorlar o‘rtasida millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni ommalashtirish, dunyo hamjamiyati shifokorlari o‘rtasida yurtimiz shifokorlarining obro‘si va imidjini oshirish, chet ellik shifokorlarga yurtimizning diqqatga sazovor joylari va turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri tashkil etilmoqda.

Musobaqa reglamentiga asosan, o‘yinlarda 25 yoshdan katta bo‘lgan, mutaxassisligi va fuqaroligidan qat’i nazar, shifokorlik diplomiga ega bo‘lgan xodimlar ishtirok etadi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasidan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorus, Ukraina terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Bundan tashqari, turnirga Fransiyada joylashgan Jahon sog‘liqni saqlash xodimlari Olimpiya o‘yinlari assosiasiyasi vakili Giyom Gassend ham taklif etilgan.

Aytish joizki, Rossiya jamoasi 40 va undan katta yoshdagi shifokorloar bilan yurtimizga tashrif buyuradi. Shu sababli ham mazkur yosh toifasida O‘zbekiston-2 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Shu tariqa nufuzli musobaqada jami 8 ta jamoa qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning tantanali ochilish va qur’a tashlash marosimi 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorus va Ukraina jamoalari 2 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kurashadi. O‘yinlar 11.00 va 14.00da poytaxtimizdagi “Milliy ” va “Jar” stadionlarida o‘tkaziladi. Rossiya va O‘zbekiston-2 terma jamoalari esa guruh bahslarida ishtirok etmaydi. 29 mart kuni Pley-Off o‘yinlari, 30 mart kuni musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi. Turnirning tantanali yopilish marosimi soat 17.00 da bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida “Tibbiyot va sportda innovasiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham o‘tkazilishi va unda tibbiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha shifokorlarning o‘zaro tajriba va fikr almashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mehmon jamoalarning Samarqand shahriga sayohatini tashkil qilish orqali ularga yurtimizning turistik salohiyati va imkoniyatlarini keng namoyish qilish rejalashtirilgan.

Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 17:36, 20.03.2019.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.