Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Fransiya klubi bilan shartnoma imzolaydi

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Fransiya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Avvalroq, o‘zbekistonlik ikki futbolchi Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 21 mart kuni ushbu futbolchilarning agenti Akmal Eshonxonov Fransiya klubi bilan muzokaralarga oid ayrim ma’lumotlarni Instagram’dagi sahifasida oshkor qildi.

“Faoliyatini O‘zbekiston chempionatida o‘tkazgan 29 yoshli hujumchi Abdumalik Abdullayev hamda namanganlik 24 yoshli yarim himoyachi Amirxon Ibragimov yaqin kunlarda Fransiyaning 3-divizion ishtirokchisi “Laval” klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Fransiyada transferlar oynasi yopiq bo‘lgani sabab klub o‘zbekistonlik futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirilgan.

Transfer bilan bog‘liq barcha hujjat ishlari yakuniga yetdi, klub hamda yuqori sport tashkilotlari tomonidan qo‘yilgan shartlarni to‘liq bajardik. Endi oldimizda faqat “Laval” bilan shartnoma imzolash masalasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan ayrim kelishuvlarga erishish ishlari qoldi.

Umid qilamanki, O‘FA ushbu futbolchilarning transfer masalasini ijobiy ko‘rib chiqadi.

“Futbolchi agenti” sertifikatini tasdiqlagan FIFA prezidenti Janni Infantinoga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Tez kunlarda go‘zal Fransiyadan ajoyib O‘zbekistonga salomlar yo‘llaymiz!”, deya yozib qoldirgan FIFA agenti Akmal Eshonxonov.

Ma’lumot o‘rnida, “Laval” klubi Fransiya 3-divizionida 26-turdan so‘ng 43 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Rodez”, “Shambli”, “Le-Man” kabi jamoalar “Laval”dan ko‘proq ochko to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Abdumalik Abdullayev “Navbahor”, “Andijon”, “Dinamo” Samarqand, AGMK klublari safida to‘p surgan.

Amirxon Ibragimov esa “Qo‘qon-1912” klubining yanvarda bo‘lib o‘tgan Toshkentdagi yig‘inida ishtirok etgandi. U bungacha “Kosonsoy”, “Yangiyer”, “Xotira-79” klublarida faoliyat olib borgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:11, 21.03.2019.
O'qildi: 17995 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.