Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

28 mamlakat vakillari ishtirokidagi Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘z nihoyasiga yetdi

28 mamlakat vakillari ishtirokidagi Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘z nihoyasiga yetdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda o‘zbek yengil atletikasi tarixida ilk bor yarim marafon o‘tkazildi. Xalqaro maqomga ega bo‘lgan ushbu yirik sport tadbirida dunyoning 28 mamlakatidan 1700 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Yuqori saviyada tashkil qilingan musobaqaning tantanali ochilish marosimida Osiyo yengil atletika federasiyasi rahbari Daxlan Al Hamad ham ishtirok etib, yurtimizda bunday marafonning tashkil qilinayotgani sog‘lom turmush tarzi va ushbu sport turining yana bir pog‘ona ko‘tarilayotganidan dalolat ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi nomidan Bosh kotib Jasur Matchanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Musobaqa juda ham yuqori saviyada tashkil qilinmoqda. Bunday marafon sportni sevadigan har qanday inson uchun katta bayram. Xalqaro yarim marafonni kelajakda an’anaviy tarzda tashkillashtirmoqchimiz va bunday g‘oya, o‘ylaymanki, muxlislarda, aholimiz o‘rtasida yanada katta qiziqishga sabab bo‘ladi”, – dedi Jasur Matchanov.

Marafonda havaskorlar qatorida boshqa sport turlaridagi nomdor atletlarimiz ham o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Jumladan, ular orasida taekvondo bo‘yicha jahon chempioni Dmitriy Shokin, boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni va ayni paytda professional boksda yorqin janglar olib borayotgan Isroil Madrimov kabi yulduz sportchilarimiz ham bor. Tashkilotchilar yig‘ilgan mehmonlar va ishtirokchilarga “Navro‘z” shukuhini ulashish maqsadida sayl ham uyushtirishdi.

Natijalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, erkaklar o‘rtasidagi yarim marafonda marra chizig‘ini birinchi bo‘lib xitoylik sportchi Li Yang kesib o‘tdi.

 

Ayollar o‘rtasida esa qirg‘izistonlik Darya Maslova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz Sitora Hamidova hamda Yekaterina Tunguskova mos ravishda ikkinchi va uchinchi bo‘lib finishga yetib kelishdi.

Toshkent xalqaro yarim marafoni, erkaklar
1. Li Yang (Xitoy) – 1:04:43
2. Adilet Kishtambekov (Qirg‘iziston) – 1:05:03
3. Andrey Petrov (O‘zbekiston) – 1:05:20

Toshkent xalqaro yarim marafoni, ayollar
1. Darya Maslova (Qirg‘iziston) – 1:12:30
2. Sitora Hamidova (O‘zbekiston) – 1:13:56
3. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 1:16:13


G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvoxidov va Osiyo yengil atletika federasiyasi prezidenti Daxlan Al Hamad ishtirok etib, marafon yuqori saviyada tashkillashtirilganini yana bir karra alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shundan so‘ng estradamiz yulduzlari ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilgan muxlislar e’tiboriga havola qilindi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:43, 24.03.2019.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.