Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Gulistonda gimnastika sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi

Gulistonda gimnastika sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -

“Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida manzilli dastur asosida 24x48 m o‘lchamli, kuniga 420 nafar sportchi shug‘ullanish imkoniga ega zamonaviy universal sport zali foydalanishga topshirildi.

Mazkur ob’ekt qurilishi uchun 4 milliard 30,0 million so‘m sarflandi, sport inshooti 187,6 mln so‘mlik sport anjomlari va inventarlari bilan ta’minlandi. Endi sirdaryolik yoshlar gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi mazkur majmuada badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, batutda sakrash, sport akrobatikasi, aerobika kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. 

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi universal zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi birinchi vise-prezidenti Ruslan Mustayev, trampolin bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Yekaterina Xilko va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi Sabina Toshkenboyeva, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, Osiyo chempioni Anora Davlatova singari taniqli sportchilar Sirdaryolik yosh sportchilarga mahorat darsi o‘tib berishdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev sirdaryoliklarni qo‘shaloq bayram – Navro‘z ayyomi hamda ko‘rkam, zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bilan qutlarkan, jumladan, shunday dedi:

– Mamlakatimiz rahbarining Sirdaryoga tashrifidan so‘ng, viloyat sporti yangi o‘zgarishlar, yanada yuqori ko‘rsatkichlar sari yuz tutdi. Mazkur zamonaviy majmuaning foydalanishga topshirilishi ham ushbu jarayonning bir bo‘lagidir. Sirdaryo zamini yurtimizga juda ko‘p iste’dodlarni tarbiyalab bergan. Endi mana shu gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabidan ham Vatanimiz sha’nini jahon maydonlarida munosib himoya qiladigan o‘g‘il-qizlar yetishib chiqishiga shubha yo‘q.

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:09, 24.03.2019.
O'qildi: 3477 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.