Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Umid Ahmadjonov Osiyo yengil atletika assosiasiyasi prezidentini qabul qildi

Umid Ahmadjonov Osiyo yengil atletika assosiasiyasi prezidentini qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizda yengil atletika oilasiga mansub yarim marafon bo‘lib o‘tdi. Birinchi bor tashkil qilingan bo‘lsa-da, ushbu yirik sport tadbirida 28 mamlakatdan tashrif buyurgan atletlar o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Yurtimiz yengil atletikachilari Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sportchilardir. So‘nggi Olimpiadada ham delegasiyamiz aynan yengil atletika yo‘nalishida eng ko‘p lisenziya qo‘lga kiritgan. Yurtimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish va xalqaro tashkilot bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish yuzasidan O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Osiyo yengil atletika assosiasiyasi (OYEAA) prezidenti Daxlan Al-Hamadni qabul qildi. Suhbatda martabali mehmonga OYEAA vise-prezidenti Aleksey Kondrat hamrohlik qildi.

 

Muzokara davomida Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda yengil atletika sportini yanada rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Oxirgi paytlar yengil atletikamiz ham islohotlarga muhtoj bo‘lib qolgan edi. Aynan shu nuqtai nazardan bir necha oy muqaddam O‘zbekiston yengil atletikasi federasiyasi rahbarligiga Andrey Abduvaliyevni olib keldik. O‘ylaymanki, uning boy tajribasi yurtimizda ushbu sport turini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Bizning maqsadimiz Tokio Olimpiadasida sport qirolichasi hisoblanmish ushbu yo‘nalishda maksimal darajada lisenziya olish va musobaqada rekord o‘rnatish”, – deydi Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida Osiyo yengil atletika assosiasiyasi prezidenti Daxlan Al-Hamad janoblari ham yurtimizda olib borilayotgan barcha sohadagi islohatlarga ijobiy fikr bildirib o‘tdi.

Avvalo, O‘zbekistonni islom va sport mamlakati deb bilaman. Shu bois ham yurtingizga tashrif men uchun faxr. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan marafonni kuzatib, undagi iliqlikni, ishtirokchilardagi sportga bo‘lgan mehrni ko‘rib quvondim. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyoda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. Ayniqsa, Andrey Abduvaliyevni yaxshi bilaman. Uning tajribasi haqiqatda ham ulkan. Umid qilamanki, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar bu yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati va Tokio Olimpiadasida munosib ishtirok eta oladi”, – dedi Daxlan Al-Hamad.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov martabali mehmonga O‘zbekiston yengil atletikaning turli musobaqalari, seminarlari va Kongresslarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidlab, joriy yilning sentyabr oyida o‘tadigan dunyo birinchiligidan so‘ng Samarqand va Buxoroda xalqaro seminarga mezbonlik qilish taklifini ilgari surdi.

Suhbat yakunida mehmonlarga O‘zbekiston MOQning esdalik sovg‘alari topshirildi va martabali mehmon faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil-izhorlarini yozib qoldirdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:49, 24.03.2019.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.