Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«China Kup» biz uchun qoniqarli yakunlandimi?!

«China Kup» biz uchun qoniqarli yakunlandimi?!

Baho:
+ | -

Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi «China Kup» musobaqasidagi ishtirokini yakunladi. Kuper shogirdlari Urugvay termasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 3-o‘rin uchun bahsda mezbonlardan ustun keldi. Bugun jamoamizning turnirdagi ishtiroki haqida

Kuper o‘z nazariyasida sobit qolgan holda bu turnirda ham asosiy urg‘uni himoyaga qaratdi. To‘g‘ri, Urugvay bilan kechgan uchrashuvdagi hisob ko‘pchilikni hafa qilishi mumkin, ammo futbolni tushunadigan inson o‘yinni kuzatgach, termamizdagi o‘sishni darrov sezadi.

Xitoyga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoamiz darvozasi atrofida golga tortuvchi vaziyat bo‘lmagani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. O‘yin to‘liq O‘zbekistonning nazorati ostida o‘tdi.Kishini quvontiradigan hollatlardan yana biri «Kupercha» futbol sekin-astalik bilan futbolchilarimizda immunitet hosil qilmoqda. Umid qilamiz, Kuper bizni JCHga olib boruvchi yo‘ldan yetaklamoqda…

Termamizning o‘yini shakllanib borishi uchun o‘rtoqlik uchrashuvlariga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi. Osiyo grandlari bilan o‘yinla ham zarar qilmaydi. Qisqacha qilib aytganda, «China Kup» biz uchun qoniqarli natija bilan yakunlandi. Janob Kuperning rejalari amalga oshishi uchun vaqt talab etiladi. Nasib qilsa, berilgan imkoniyat va fursatdan murabbiy unumli foydalanadi.

Osiyo kubogidan so‘ng futbolchilarimiz bu turnirga har-xil formada yetib kelishdi. Ayrimlarda o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, boshqalarda sezilarli pasayish bor…

Siddiqov va Ahmedovda pasayish

Birinchi bo‘limda maydonda bir necha bor to‘pni yo‘qotib qo‘ygan Javohir ikkinchi bo‘limda biroz o‘zini qo‘lga olsada, biz avvalgi  Siddiqovni maydonda bugun ko‘rganimiz yo‘q. «Paxtakor» undan zahiradan tushib o‘yini kuchaytiruvchi futbolchi sifatida foydalanmoqda.

Afsuski, o‘yin amaliyotiga har doimgidanda ko‘proq muhtoj bo‘layotgan futbolchimizga Arveladze asosiy tarkibdan joy topa olmayapti. Nimayam derdik, har bir murabbiyning o‘z ulsubi va shu uslubga mos keluvchi futbolchilari mavjud. Siddiqov «Paxtakor»ning asosiy tarkibiga kirib olmasa, terma jamoamizda bu o‘z aksini namoyon qilib qo‘yishi mumkin.

Ahmedov reja bo‘yicha bu ucharashuvda ishtirok etmasligi kerak edi, shekilli, majburiy o‘zgarishdan so‘ng maydonga tushgan sardorimiz  o‘yinga ham jismonan, ham ruhan qovushib keta olmadi. Uning navbatdagi JCH saralash bahslarida 33 yoshda bo‘lishini hisobg a olsak, avvalgi Ahmedovni ko‘rishimiz mushkul…

Haqiqatga tik boqish kerak,  Ahmedov O‘zbekiston termasini uzoq muddat yelkasida ko‘tarib yurdi va termamiz safidagi eng so‘nggi uchrashuviga qadar (nasib qilsa) shunday bo‘ladi.

Kuper qo‘l ostida o‘sgan futbolchilar

Birinchi navbatda Oleg Zoteevni alohida qayd etib o‘tish joiz. Futbolchining kariyerasi bir qarashda keskin pasaygandek edi, ammo Kuper uni termaga chaqirgach, futbolchida sezilarli o‘sish kuzatildi. U avvalgidek pala-partish hujumlarga o‘tmayapti, himoyadagi pozisiyasini bir o‘zi yopmoqda, asosiysi Kuper bergan vazifani maydonda to‘liq bajarmoqda.

Eldor Shomurodov

To‘g‘ri, u yoshligidanoq iqtidorli futbolchilardan edi, ammo uning iqtidoridan to‘g‘ri foydalana oladigan murabbiy endi topildi. Kuper uni to‘laqonli markaziy hujumchiga aylatirdi va bu o‘z samarasini uzoq kuttirmadi. Eldorga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz u hozir shundoq ham termamiz yulduziga aylanib bo‘ldi.

Ikrom Aliboyev

Kuper tominidan pozisiyasi o‘zgartirlgan yana bir futbolchi bu so‘zsiz - Aliboyev. Ikrom markaziy yarim himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, Kuperning istagi sabab qanot yarim himoyachisiga aylandi. Bu o‘zgarish bugun birinchi golda o‘z samarasini berdi.  Aliboyev o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa, uni ajoyib kelajak kutmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:27, 25.03.2019.
O'qildi: 5776 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.