Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Metallurg» – «Buxoro». Prevyu

«Metallurg» – «Buxoro». Prevyu

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 2-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z uyida “Buxoro” klubini qabul qiladi.

Metallurglar uchun O‘zbekiston XXVIII milliy chempionatidagi birinchi uy uchrashuvi mazkur jamoalarning o‘zaro 43-o‘yini bo‘ladi. Ortda qolgan uchrashuvlarning 19 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 ta o‘yinda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. 5 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bittani tashkil etadi.

Bu borada qadimiy shahar vakillari oldinda – 58:57. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 3:0 ga teng. Bekobodliklar bir marta o‘z maydonida, bir marta Buxoro shahrida shunday muvaffaqiyatga erishgan. “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 4:0 ni tashkil etadi.

Mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Metallurg” to‘liq ustunlikka ega bo‘lib kelmoqda. Mezbonlar 21 ta uchrashuvning 17 tasida zafar quchishgan, faqat birinchi o‘yinda kuchlar teng kelgan, 3 bor esa mehmonlar g‘alaba nashidasini surishgan. “Metallurg” o‘tgan mavsum “Buxoro”ni o‘z uyidagi ikkala uchrashuvda ham taslim etgandi. Bahorda o‘tkazilgan o‘yinda bekobodliklar hisobda ortda qola turib, Zohid Abdullayev hamda Zabixillo O‘rinboyevlarning gollari evaziga irodali g‘alabaga erishishgandi. Chempionatning so‘nggi turidagi o‘yin taqdirini esa Zafar To‘rayev tomonidan kiritilgan yagona gol ham etgandi.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:

30.10.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 1:0
29.04.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 2:1
29.04.2017 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
24.09.2016 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
30.10.2015 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2
22.08.2014 «Metallurg» - «Buxoro» 4:3

“Buxoro” futbol klubiga 1960 yilda asos solingan. Shu yillar mobaynida mazkur klub turli nomlar bilan yuritib kelindi.

Dastlabki yetti mavsumni hamisha ko‘hna va navqiron shahar nomi ostida o‘tkazgan jamoa 1967-68 yillarda – “Fakel”, 1969-1988 yillarda – “Buxoro”, 1989-1996 yillarda – “Nurafshon” nomlari bilan musobaqalarda qatnashdi. 1997 yildan jamoa yana qadrdon nomini qaytadan tikladi va bugungacha ham shu nom ostida milliy chempionatlarimizda ishtirok etib kelmoqda.

Klubning milliy chempionatlarimizdagi eng yaxshi natijasi 1994 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Buxoro” mamlakat vise-chempioni bo‘lgandi. O‘zbekiston kubogi bahslarida to‘rt marotaba yarim finalda kurashni to‘xtatgan. Jamoa uchun eng omadsiz mavsum 2009 yil bo‘lgan. Chempionatda 15-o‘rinni egallagan jamoa bir yil birinchi liga bahslarida qatnashib, 2011 yilda yana kuchlilar safiga qaytishga majbur bo‘lgan. Jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi bu Yuriy Ageev, bitta mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi esa Olim Tillayev (1994 yil, 19 ta gol).

“Buxoro”ning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdaga g‘alabasi – 8:1 (1993 yil – “Shifokor”), 7:0 (1995 yil – “Politotdel”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:8 (2005 yil – “Paxtakor”).

“Buxoro” jamoasi kuchlilar safida bugungacha jami 777 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 313 tasini o‘z foydasiga hal etgan, 123 o‘yinda durang natija qayd etilgan, 341 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan.

Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1071:1175.

Kiritildi: 08:08, 26.03.2019.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.