Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

U 50 «limon»ga arziydimi? Yoxud Eder Militao faoliyatiga nazar

U 50 «limon»ga arziydimi? Yoxud Eder Militao faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

«Portu»ning markaziy himoyachisi Eder Militao mavsum yakunida «Real» tarkibidan joy oladi. Braziliyalik himoyachining transfer qiymati borasida tomonlar bir to‘xtamga kelishgan - 50 mln. yevro. Agar kelishuv yozga qoldirilganida, baho 50 foizga qimmatlashib, madridliklar 75 mln. to‘lashlariga to‘g‘ri kelardi.

Militao «Qirollik klubi» bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Hozirda 21ga to‘lgan himoyachi Yevropadagi dastlabki to‘liq mavsumida o‘z iqtidorini namoyish etib ulgurdi. Faoliyatidagi muhim sanalar quyidagilar:

19 yoshli Eder Militao 2017 yilning 14 mayida «San-Paulu»da o‘z debyutini nishonladi. «Kruzeyro»ga 0:1 hisobida boy berilgan o‘yinda debyutant 51 daqiqa to‘p surib, esda qolarli harakatlarni amalga oshirishga ulgurmadi;

2018 yilning 7 avgustida 4 mln. yevro evaziga «Portu»ga o‘tdi. «San-Paulu» keyingi transfer qiymatining 10 foizini oladigan bo‘ldi;

2 sentyabrda «Portu» libosida ilk marta maydonga tushib, samarali uzatmani amalga oshirdi. «Portu» «Moreyrense»dan 3:0 hisobida ustun keldi;

O‘sha kuni Braziliya terma jamoasidan taklif oldi;

14 martda «Real» Militaoning 50 mln. yevrolik transferini e’lon qildi.

«Real»ga Militao Janubiy Amerika bo‘yicha faoliyat yuritadigan Xuni Kalafat tavsiyasiga ko‘ra o‘tdi. Bu skaut «Santos»dan xarid qilingan Vinisius va Rodrigo transferlarining sababchisi. Shuningdek, bir qator braziliyalik futbolchilarni kanteraga olib kelgan. Militaoni «San-Paulu»dagi davridan kuzatib kelardi.

Militao - universal o‘yinchi

«Real» o‘z sayti orqali Militao haqida qisqa ma’lumotni e’lon qildi. Asosiy jihatlari:

Universal, markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi. Lekin zarur bo‘lsa, o‘ng qanotda ham ishonchli to‘p suradi;

Ustun jihatlari - tezlik bilan o‘yinni «o‘qiy olish», to‘g‘ri pozisiyani tanlash;

«Ikkinchi qavat»da samarali. Har bir uchrashuvda o‘rtacha 4ta yakkakurashlarda g‘olib chiqadi. Bu - Portugaliya chempionatidagi 9-ko‘rsatkich;

Qatorasiga 5 oy - sentyabr-yanvar oralig‘ida chempionatning eng yaxshi himoyachisi bo‘ldi.

Bolalar jamoalarida Eder yarim himoya chizig‘ida ham to‘p surgan, o‘ng qanot himoyachisi sifatida esa ilk bora «San-Paulu»da maydonga tushgandi. «Rojerio Senidan jamoani qabul qilgan Dorival Junior ba’zi o‘yinlarda Ederni o‘ng qanotga tushira boshladi. Men uni telba, deb o‘ylagandim. Chunki Eder hech qachon bu pozisiyada to‘p surmagandi», - deya xotirlaydi futbolchining otasi. Biroq urinishlar zoye ketmadi, o‘ziga yot ampluada Militao ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

«O‘ylashimcha, universallik - muhim xususiyat. Bolaligimda turli pozisiyalarda o‘ynab ko‘rganman va ancha tajriba to‘plaganman», - deydi Eder.

Faoliyatining oxirgi yilini futbolchi 4ta - markaziy himoyachi, o‘ng va chap qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi pozisiyalarida o‘tkazdi. Mana shu omil Ederning bosh­qa markaziy himoyachilarga nisbatan harakatchan va tezkorroq ekanligini isbotlaydi. Qolaversa, u o‘ziga topshirilgan vazifani talab darajasida uddalab kelmoqda.

Militao o‘ng qanotga tushgan kezlari «Portu»ning uslubi o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Ayrim lahzalarda jamoa 3 nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynaydi. Lekin vaziyat taqozosi bilan Eder kerakli pallada himoya kvartetining o‘ng qanotiga aylanadi. Ya’ni, jarayonga to‘g‘ri baho berib, o‘z vaqtida himoyaga yetib keladi. E’tiborlisi, bularning barchasi uchrashuv davomida yuz beradi.

Militaoning o‘ng qanotga ko‘chirilishi jamoa asosiy e’tiborni himoyaga qaratishi lozim bo‘lgan o‘yinlarda ko‘proq samara beradi. So‘l qanotda Aleks Telles hujumchilarga faol ko‘maklashadi, Eder esa himoyani mustahkamlaydi. Mazkur manyovr «Roma»ga qarshi bahsda ish berdi. Har ikki uchrashuvda Militao shu pozisiyada harakat qildi va «Portu» italiyaliklar to‘sig‘idan o‘ta oldi. To‘g‘ri, braziliyalik himoyachi ham ba’zan xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Jumladan, rimliklar ikki marta Ederni ortda qoldirishdi. Biroq muhimi, «Portu» - chorak finalda!

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi ham Militao­ning ana shu noyob xususiyatidan samarali foydalanish niyatida. O‘zining universalligi va maydondagi harakatlari jihatidan Eder Serxio Ramosning navqironlik davrini eslatadi. Garchi to‘p uzatish bobida ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lsa ham.

Futbol - xobbi, varraklar esa...

Ederning otasi - Valdo Militao o‘z vaqtida «Korintians»da to‘p surib, Braziliya kubogiga sazovor bo‘lgan, ma’lum muddat Rivaldoning jamoadoshi bo‘lgandi. Biroq professional darajada bor-yo‘g‘i bir yil o‘ynadi va 29 yoshida faoliyatini yakunladi. Keyin futbol maktabida murabbiylik qildi, o‘g‘lining tarbiyasi bilan shug‘ullandi. Eder kun bo‘yi maydondan beri kelmaydigan, tunda ham to‘p bilan uxlaydigan bolalar sirasidan emasdi. «Bolaligida futbolni uncha xush ko‘rmas, ko‘chada ko‘p o‘ynamasdi. Unga velosipedda uchish, varrak uchirish ko‘proq yoqardi», deydi otasi. Ammo sal ulg‘aygach, futbolga qiziqib qoldi va hududiy musobaqalarda qatnasha boshladi. O‘g‘lining tobora kuchliroq ishtiyoq bilan to‘p surayotganiga amin bo‘lgan Valdo Ederni mahalliy «Kamisa 10» jamoasi murabbiyi Agnello Souzaga topshirdi.

Jamoa libosini kiygunga qadar u futbolni shunchaki xobbi sifatida ko‘rar va o‘zi 11 yoshda bo‘la turib, 14-15 yoshlilar bilan to‘p surardi. Lekin hayotidagi dastlabki musobaqa - «Koka Kola» kubogida ulkan salohiyat sohibi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Natijada «San-Paulu» Militao 14ga to‘lganida uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Qizig‘i, Eder hozir ham sevimli varraklaridan voz kechmagan. Otasining aytishicha, mashinasining yukxonasida doimo varrak bo‘ladi.

Intervyuga tobi yo‘Q, taom tanlamaydi

Militao ortiqcha e’tiborni xush ko‘rmaydi. «San-Paulu»da umuman intervyu bermasdi. Bu borada klub matbuot xizmatiga murojaat qilgan har qanday jurnalist rad javobini olardi. Kameraga ko‘zi tushishi bilan Eder suhbatlashishni to‘xtatardi. Souzaning ta’kidlashicha, shogirdi bolaligidan shunday: «Men hatto kulgili voqealarni hikoya qilishga ham tortinaman. Chunki u hamma bilan suhbatlashavermaydi, faqat o‘ziga yaqin, ishonchli kishilarga ko‘nglini ochishi mumkin».

Eder - vazmin tabiatli yigit, maydonda doimo xotirjam va dovyurak. «Bu xislati o‘yin paytida juda qo‘l keladi. E’tiborini faqat o‘yinga qaratgani bois, yakkakurashlarda yengilgani yoki pozisiyasini yo‘qotib qo‘yganini deyarli ko‘rmaysiz», - deydi murabbiy.

Sentyabr oyida ilk bor terma jamoaga jalb etilgan Militaoga matbuot anjumanidan chetda qolishning iloji yo‘q edi. «Tortinchoq yigitman, va’z aytishni yoqtirmayman. Shu sababli meni kamera qarshisida ko‘rishga umid qilmang. Vazifam - to‘p surish. Intervyu berishdan ko‘ra ming marta maydonga tushish men uchun osonroq», - deya ogohlantirdi himoyachi jurnalistlarni.

Militao taom tanlamaydi. «Albatta, xorij iqlimiga moslashishda taomning ahamiyati katta. Lekin Eder bu borada o‘ta yuvosh yigit, unga gurunch va loviyadan boshqa yegulikning keragi yo‘q», - deydi katta Militao.

Tungi bazm-u jamshid va jazo

«Portu»da Ederni eng yaqin do‘sti Luizao kutib turardi. Ular ahil tengdoshlar bo‘lib, «San-Paulu»da yonma-yon to‘p surishgandi. «Eder Luizaoni akasidek ko‘radi. Ular eng yaqin og‘aynilar», - deydi Valdo. Luizao hozircha asosiy tarkibda emas. Fevralda u tug‘ilgan kunini nishonlab, Militaoni ham taklif etgandi. Ulfatlar ertalab soat 5gacha xursand­chilik qilishdi. «Portu» esa ularni kun tartibiga rioya qilmaganliklari uchun jazoladi. Militao asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishiga qaramasdan, «Tondela»ga qarshi bahsda maydonga tushirilmadi. Qo‘shimchasiga, jarimaga tortildi.

«Bu yerda Militao ham, Konseysau ham yo‘q, faqat «Portu» bor. Qoida va intizom barchaga taalluqli ekanligini o‘yinchilar yaxshi bilishadi. Bu ichki muammo. O‘zaro hurmat - eng muhim jihat. Buni hech qachon unutmasligimiz lozim», - dedi bosh murabbiy Serjiu Konseysau.

Keyingi ikki uchrashuvni ham Militao zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazishga majbur bo‘ldi, lekin «Roma»ga qarshi nimchorak finalning javob uchrashuvida maydonga tushib, 103 daqiqa to‘p surdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:21, 26.03.2019.
O'qildi: 2914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.