"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada tibbiy tekshiruvdan o‘tdi.
34 yoshli futbolchi Yevro-2020 saralshida Portugaliya termasining Serbiyaga qarshi o‘yinida (1:1) jarohat olgan edi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Krishtianuning o‘ng soni eguvchi mushaklari biroz lat yegan.
Futbolchi tekshirilishda davom etmoqda. Uning tiklanish muddati keyinroq e’lon qilinadi.