Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Sardor Mirzayev yubiley ostonasida

Sardor Mirzayev yubiley ostonasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Superliganing 2-tur bahsini “Lokomotiv” o‘z maydonida o‘tkazadi.

30 mart kuni “Lokomotiv” stadionida kechadigan bellashuvda “temiryo‘lchilar” “Navbahor”ni qabul qiladi. Hozirda bu o‘yinga “Lokomotiv” jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Navbahor” bilan kechadigan bahs ayniqsa jamoa yarim himoyachisi Sardor Mirzayev uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Negaki Sardor Mirzayev uchun bu o‘yin “Lokomotiv” safidagi 100-uchrashuv bo‘ladi. Kecha tunda terma jamoamiz bilan Xitoydan qaytib kelgan Mirzayev bugundan “Loko” tarkibida Superliga 2-turiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, 2009 yil “Neftchi” safida oliy ligada debyut qilgan Sardor Mirzayev 2014 yil “Lokomotiv”ga kelib qo‘shilgan va birinchi davrada bitta o‘yinda maydonga tushgan. Ikkinchi davra arafasida esa u “Neftchi”ga ijaraga berilgan. Mirzayev 2015 yildan beri muntazam “Lokomotiv”da to‘p tepib kelyapti va shu paytgacha oliy liga (Superliga) doirasida jami 99ta o‘yinda ishtirok etgan.

U 2014 yil 1ta, 2015 yil 10ta, 2016 yil 27ta, 2017 yil 30 va 2018 yil ham 30ta bellashuvda maydonga tushgan. Bu yil hisobidan esa hozircha 1-turda “Paxtakor”ga qarshi to‘p tepdi. Va mana endi Mirzayev o‘zining yubiley bahsiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:58, 27.03.2019.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик