Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qarorga asosan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra, kasb-hunar kollejlarida yangi yo‘nalishlar tashkil etilishi va har yili 20 nafar yosh professor-o‘qituvchilar va trenerlar o‘qish hamda malaka oshirish uchun xorijga yuborilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Mazkur hujjat bilan yurtimizda qishki sport turlarini yanada ommalashtirishga xizmat qiladigan bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, qaror bilan O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish Dasturi, 2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlar qurish va ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari bilan jihozlash manzilli dasturi hamda ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha media-rejasi tasdiqlanadi. 

Loyihada joriy yil yakuniga qadar “Amirsoy” tog‘-chang‘i dam olish maskani foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi aytib o‘tilgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda barpo etilayotgan “Business city” shaklidagi zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida 2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlar qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ma’qullanmoqda. Shuningdek, qishki sport turlari bo‘yicha xorijiy mutaxassis va trenerlarni ishga jalb qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ajratish ham belgilanadi. 

Yoshlar o‘rtasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sertifikasiyalash va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining “Beldirsoy” sport bazasida Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash hamda xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o‘tkazish uchun zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan beg‘araz ta’minlash rejalashtirilmoqda. 

Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi balansidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” sport bazasi, unga tutash ikkita dor yo‘li hamda chang‘ida uchish trassasini rekonstruksiya qilish, shuningdek Toshkent shahri Olmazor tumani Muxbir ko‘chasi 12-uyda xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydon qurish hamda zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan kapital qo‘yilma limiti ajratilishini 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirishda nazarda tutish vazifasi belgilanmoqda.

Qishki sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalarini tayyorlashga jalb qilingan xorijiy sport mutaxassislari va trenerlariga 2019 yildan boshlab har oyda eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda ish haqi to‘lanadi. 

Qishki sport turlari bo‘yicha xorijdan sotib olinadigan sport anjomlari, jihozlari va inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

Hujjat bilan davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa, konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etiladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo‘yicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o‘smirlar, qizlarning yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlari tashkil etiladi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 07:34, 29.03.2019.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.