Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Sharja» Shukurovga o‘ziga xos usulda sog‘lik tiladi

«Sharja» Shukurovga o‘ziga xos usulda sog‘lik tiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov hafta boshida Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olganidan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Alhamdulillah. Men uchun qayg‘urib, qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga cheksiz rahmat.

Bu – futbol, jarohatlar esa uning bir qismi. Hali oyoqqa turib, yana ham kuchliroq bo‘lib qaytaman.

Jamoam @SharjahFC esa mening yo‘qligimni bildirmaydi va biz oxirigacha kurashamiz. Insha Allah», – deb yozdi Shukurov Twitter sahifasida.

Otabekning klubi «Sharja» uning bu tvitiga javoban tezroq sog‘ayib ketishini tilab, post yozdi. «Biz oxirigacha kurashamiz» deyilgan postga BAA jamoasi quyidagi suratni ilova qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli xavbek 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida «China Cup» musobaqasining 3-o‘rni uchun mezbonlarga qarshi kechgan bahsning (1:0) birinchi bo‘limida jarohat olgandi. Natijada u shifoxonaga olib ketilgan, o‘ng oyog‘i boldir suyagi pastidan singani ma’lum bo‘lgach, gips qilingandi. Endi u ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq Otabekning jarohat olishiga sababchi bo‘lgan xitoylik hujumchi Vei Shixao uni ko‘rgani O‘zbekiston milliy jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, Shixaoning klubi «Guanchjou Evergrand» uni bu harakati uchun bir oyga jamoadan chetlatish bilan jazolagan. U fevral oyida shu klub safiga o‘tgandi.

Manba: KUN
Kiritildi: 08:16, 29.03.2019.
O'qildi: 2626 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик