Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Metallurg»: O'zLiDeP a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Metallurg»: O'zLiDeP a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Bekobod shahridagi Yoshlar uyi majlislar zalida O‘zbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyatida mehnat qiluvchi O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi – O‘zLiDeP vakillari bilan “Metallurg” jamoasi a’zolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yangi mavsum arafasmida kombinat ishchilari sevimli klubda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jamoaga taklif etilgan yangi o‘yinchilar, jamoaning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari bilan qiziqishdi. Klub rahbariyati nomidan jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov, klub direktori Abduqahhor Marifaliyev, jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov hamda jamoaning yetakchi o‘yinchilari va murabbiylari yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Kombinat ishchilari bu tadbirni uyushtirganliklari uchun O”zLiDeP yetakchi faollariga va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. Kelgusida ham shu kabi uchrashuvlarni tez tez o‘tkazishga kelishib olindi.

Kiritildi: 11:01, 29.03.2019.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик