Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Yulduzga «Tatu» shart emas

Yulduzga «Tatu» shart emas

Baho:
+ | -

Professional sportda kundan-kunga zamonaviy odatlarga tayanib, badaniga tatutirovka chizdirayotganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

O‘ziga xos suratlar kichik, o‘rtacha va hattoki, yirik ko‘rinishga ega bo‘lishi, ba’zan ko‘krak va orqa qismni to‘lig‘icha egallashi mumkin. «Tatu»lar egasi uchun eng muhimi - uni ommaga ko‘rsatish. Buning uchun turli uslublardan foydalanish mumkin - kimdir «Instagram»ga fotosuratini joylasa, ayrimlar fotomuxbirlar qarshisida tatuirovkalarini ko‘z-ko‘z qilib, ashaddiy muxlislariga salom yo‘llashadi. Umuman, top sportchilar, xususan, futbolchilarning hammasi ham tanani suratlar va yozuvlar bilan boyitish tendensiyasiga amal qilishavermaydi. Kimdir eskilik tarafdori yoki boshqa sabablar tufayli tatuirovkadan voz kechadi. Zamonamizning yulduz futbolchilari orasida ham bundaylar bisyor. Xo‘sh, terisini tatuirovka bilan buzishga qarshilar kimlar? FootballHD.ru sayti shu mavzuga to‘xtaldi.

N'GOLO KANTE

27 yosh. «Chelsi» klubi va Fransiya termasi yarim himoyachisi

Bu futbolchining bugungi ro‘yxatdan o‘rin olgani uning faoliyatiga befarq bo‘lmaganlarni zarracha ajablantirmasligi tayin. N~Golo juda kamtar inson, o‘z shaxsiga atrofdagilar e’tiborini qaratishga urinmaydi, ayniqsa, gap maydondan tashqaridagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lsa. Kante omma oldida badanini ham ko‘rsatmaydi, boyligini ham. Fransiyalik futbolchi ko‘rimsiz hayot tarziga egaligi sabab, uni qandaydir tatuirovkalar bilan tasavvur qilish qiyin.

Professional faoliyati boshida kamtarona «Buloni»da to‘p surgan Kante mashg‘ulotlarga «samokat»da kelar, 2018 yili esa Angliya nashrlari uni oddiygina «Mini Xetch» rulida ko‘rishgan. Buni suratga olib tarqatishganda, VVS Sport jurnalisti Pol Fletcher shunday deb yozgandi: «N~Goloni omma qarshisida ko‘rinish mutlaqo qiziqtirmaydi, boyligini ko‘z-ko‘z qilishni ham yoqtirmaydi».

ANDRES INYESTA

34 yosh, «Vissel Kobe» (Yaponiya) yarim himoyachisi

«Barselona» safida 674ta, Ispaniya termasi libosida 131ta o‘yin o‘tkazgan afsonaviy futbolchi bugungi kunda Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi sharafini himoya qilmoqda. Inyesta professional faoliyati davomida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan - to‘qqiz marta Ispaniya chempionligi, olti marta Ispaniya kubogi, to‘rt marta Chempionlar Ligasi bosh sovrini, ikki marta Yevropa chempionligi, bir marta jahon chempionligi.

Shunday yutuqlarga qaramay, Inyesta deyarli har doim o‘zining yorqin va takabbur jamoadoshlari soyasida qolib ketgan. Andres shaxsiy hayotini atrofdagilarga namoyon etishni xushlamaydi, shaxsiga e’tibor qaratishni yoqtirmaydi. Bir safar Xosep Gvardiola «Inyesta futbol yulduzi hisoblanmaydi, chunki diqqat markazida turishni bilmaydi», degandi. Uning tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos, ma’lum darajada ko‘rimsiz. Bu holat Andresni to‘liq qanoatlantiradi, u zamonamizning aksariyat futbolchilaridan farqli ravishda, sirg‘alar taqish yoki badaniga tatuirovkalar chizdirishdan o‘zini tiyadi.

MUHAMMAD SALOH

26 yosh, «Liverpul» klubi va Misr termasi yarim himoyachisi

«Fir’avn» aql bovar qilmas mashhurlikka «Liverpul»ga o‘tgach erishdi, bu klubda gollar uruvchi mashinaga aylandi. Endilikda Misrda Muhammad Salohchalik taniqli va sevimli odamni topish mushkul.

Biroq shunchalik dong taratganiga qaramay, Saloh kamtarlikni yo‘qotmagan, butun diqqat-e’tibori futbolga qaratilgan. Ba’zan piar yoki shunga o‘xshash turli aksiyalar «Liverpul» to‘purarini mutlaqo qiziqtirmaydigandek tuyuladi. Aslida ham shunday, Salohning o‘zi bu borada aniq tushuntirish bergan. Yaqinda u «Tvitter»dagi sahifasida shunday qayd qoldirdi: «Tanamda tatuirovkalar yo‘q, soch turmagimni har kuni o‘zgartirmayman, raqsga tushishni bilmayman. Shunchaki, futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Faqat futbol orqali har kuni mukammallikka erishishga urinaman».

 

DAVID LUIS

31 yosh, «Chelsi» klubi va Braziliya termasi himoyachisi

Bu futbolchining Yevropadagi faoliyati Portugaliyada, «Benfika» safida boshlangan, ammo qisqa muddatda qit’aning yetakchi klublari e’tiborini o‘ziga qarata olgan. Natija ko‘rinib turibdi - 31 yoshli David Luis «Chelsi» va «PSJ» libosida ko‘plab o‘yinlar o‘tkazdi, turli sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

David Luisni futbol maydonida o‘zini tutishiga qarab kamtar deb bo‘lmaydi. Kimdir jahlini chiqarsa, o‘ziga xos tarzda javob qaytaradi, ayrim hollarda janjalning sababchisiga aylanadi. Bunga sabab, David Luis aksariyat braziliyalik futbolchilar singari xudojo‘y hisoblanadi. Mahoratli himoyachi bir safar futbol olamida Kakaga taqlid qilishini aytgandi. Kaka ham tatuirovkalarga qarshi edi, shunga qaramay, Braziliyadagi eng kelishgan erkaklardan biri bo‘lgan.

Qizig‘i, 2014 yilgi jahon chempionati ochilish o‘yini - Braziliya - Xorvatiya bahsida «selesao»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushgan o‘n nafar futbolchining badanida tatuirovka bor edi. Faqatgina David Luis bunday «zeb»dan voz kechgandi.

KRISHTIANU RONALDU

34 yosh, «Yuventus» klubi va Portugaliya termasi hujumchisi

Portugaliyalik yulduz ham hozirgacha tatuirovkalarga qarshi bo‘lgan. Boisi, Ronaldu tez-tez donor sifatida qon topshirib, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi. Bunday amaliyot esa faqatgina tanasida «tatu»si yo‘qlar bilan o‘tkaziladi.

«Tatuirovkam yo‘qligiga sabab, ko‘pincha qon topshirib turaman. Buning qiyin joyi yo‘q. Barchasi oddiy, uni amalga oshirgandan keyin boshqa bir insonga yordam berganingiz uchun o‘zingizni baxtiyor sezasiz», - degandi Ronaldu.

Qizig‘i, Ronaldu bir safar ilik donori sifatida ham qatnashgan. Bu voqea terma jamoadagi sherigi Karlush Martinshning hayotini saqlab qolish jarayonida sodir bo‘lgandi.

«O‘shanda Karlush biz bilan birga milliy jamoada o‘ynardi. U o‘g‘lining salomatligi yomon ekanligini aytganida, futbolchilar bilan birlashib, sherigimizning farzandiga yordamlashishni xohlagandik. Vaziyat juda og‘ir ekanini tushunib turardik. Ilik donorligini ko‘pchilik murakkab amaliyot deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu ham oddiy qon topshirishdek o‘tadi. Deyarli og‘riq sezilmaydi. Bir necha yillar avval bunday jarayonda qatnashganman va kerak bo‘lsa, yana takrorlash talab etilsa, ikkilanmayman. Axir jajji bolajonlar jiddiy xastalikka yo‘liqqanda, kattalar ko‘maklashishlari kerak», - degandi Ronaldu.

Shunday ekan, portugaliyalik yulduzning futboldagi sifatlariga kim qanday qarashini bilmadig-u, ammo insoniylik nuqtai nazaridan Krishtianu ko‘pchilikka namuna bo‘lishiga shubha yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:15, 31.03.2019.
O'qildi: 4257 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.