Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Toshkent viloyatida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytga kelib, o‘rta vazn toifalarida musobaqaning barcha g‘olib va sovrindorlarining nomi ma’lum.

Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda ko‘pchilikning diqqat-markazida -73 kilogramm vazn toifasi bo‘ldi. Unda ikki mahoratli sportchilarimiz Doston Yoqubov hamda Adhamjon Ergashev chempionlik uchun o‘zaro raqobat olib bordilar. Murosasiz kechgan bellashuvda Doston Yoqubov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Tursunoy Jabborova, Dolera Davronova kabi jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan terma jamoamizning birinchi raqamli sportchilari o‘z ustunligini yana bir karra namoyish etishdi. Shu va boshqa vazn toifalarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

-73 kg:
1. Doston Yoqubov (Toshkent viloyati) – 326 kg (144 kg + 182 kg)
2. Adhamjon Ergashev (Namangan) – 320 kg (145 kg +175 kg)
3. Hasanboy Tohirov (Andijon) – 302 kg (135 kg + 167 kg)
-71 kg:
1. Xusnora Xabirova (Andijon) – 200 kg (87 kg + 113 kg)
-76 kg:
1. Nilufar Kuryazova (Xorazm) – 187 kg (85 kg + 102 kg)
-81 kg:
1. Tursunoy Jabborova (Qashqadaryo) – 202 kg (94 kg + 108 kg)
-87 kg:
1. Dinaxon Tojiyeva (Qoraqalpog‘iston) – 188 kg (80 kg + 108 kg)
+87 kg:
1. Dolera Davronova (Navoiy) – 222 kg (93 kg + 129 kg)

Musobaqaning so‘nggi kun dasturida erkaklar o‘rtasida og‘ir vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tadi. Mazkur O‘zbekiston chempionatiga Chirchiqdagi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mezbonlik qilmoqda.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:22, 01.04.2019.
O'qildi: 1697 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.