Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ronalduning haqiqatlari: U doimo qo‘shimcha ikki soat shug‘ullanib kelgan

Ronalduning haqiqatlari: U doimo qo‘shimcha ikki soat shug‘ullanib kelgan

Baho:
+ | -
Portugaliyaning “Sporting” klubi sobiq yoshlar bosh murabbiyi Joau Koutu Ronaldu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.   “Bilasizmi, Krishtianu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish istagi haqida gapirgani afsona emas. U bu gaplarni menga aytgandi. Men jilmayib qo‘ydim, lekin uni ustidan ovozimni chiqarib kulib yuborganim yo‘q. Chunki ilgari bunday shijoatli va g‘alabalarga tashna futbolchini ko‘rmagandim.   1479831883_493006_1479832058_noticia_normal.jpg   Garchi men Kuarejma, Nani, Moutinyu kabi futbolchilar bilan ishlagan bo‘lsam-da, Krishtianudek mehnatkash o‘yinchini ko‘rmagandim.   Ronalduga o‘shanda eng yaxshi bo‘lishni istasang, ko‘proq mehnat qilishing kerak va murabbiylarning barcha gaplarini diqqat bilan tinglashing lozim, deganman.   U texnik va jismoniy jihatdan chidamli edi. O‘z navbatida normal axloqga ham ega. Ronaldu o‘zidan hech qachon qoniqmasdi. Mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng yana 2 soat vaqtini sport zalida o‘tkazardi. Futbolchilarning jismoniy holatiga javobgar murabbiy bilan qo‘shimcha ravishda doimo shug‘ullanib kelgan”, – deydi Ronalduning sobiq murabbiyi shogirdini xotirlarkan.   Cristiano-Ronaldo.jpg   Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu Lissabonning “Sporting” klubi yoshlar jamoasi tarkibida 1997-2002 yillarda to‘p surgan. U 2002-2003 yilgi mavsumda asosiy jamoaga jalb qilinib, ko‘plab mutaxassislar e’tiboriga tushadi. Portugaliyalik 2003 yilning yozida 12.24 million funt sterling evaziga “Manchester Yunayted” tarkibiga borib qo‘shiladi.   Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozirda jarohatini davolash bilan band. Uning kelasi hafta Chempionlar Ligasi doirasida “Yuventus” va “Ayaks” bahsida “keksa-senyora” tarkibida maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.
Manba: UZA
Kiritildi: 10:54, 04.04.2019.
O'qildi: 5899 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик