“Bavariya” himoyachisi Mats Xummels Bundesliganing 28-turida “Borussiya” darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, germaniyalik futbolchi mavsumdagi ilk golini sobiq jamoasiga urdi. 30 yoshli futbolchi Bundesligada ketma-ket 11 mavsumdan beri gol urishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Ta’kidlab o‘tish joiz, ichki chempionatdagi birinchi golini Xummels “Borussiya” safida 2008 yil 18 oktyabr kuni urgan edi.