Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Shota Arveladze: «Ertaga juda og‘ir o‘yin bo‘ladi»

Shota Arveladze: «Ertaga juda og‘ir o‘yin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Al Sadd" bilan uchrashuv arafasida matbuot anjumanida fikrlarini aytib o‘tdi.

- Bu juda ham og‘ir o‘yin bo‘ladi. Ularning tarkibini, tarixini bilasizlar. Jamoaning maqsadidan yaxshi xabardorsiz. O‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Ertaga stadionda ajoyib muhit bo‘ladi deb umid qilaman. Yaxshi o‘yin kutyapman. Natijani oldindan aytish qiyin. Guruhdagi vaziyatni yanada yaxshilamoqchimiz. Guruh bosqichi oxirigacha peshqadam bo‘lishni va guruhdan chiqishni istaymiz. 

"Al Sadd" safida ko‘plab yulduzlar bor. Ularni o‘rganib chiqdik. Toshkentda mana shunday kuchli jamoa kelishi bayram. Xavi futbol afsonasi. Gabi ham yuqori saviyada o‘ynagan. Ammo bizda ham qobiliyatli futbolchilar ko‘p. Bizni qiziqarli o‘yin kutmoqda. Bu Toshkentdagi ajoyib futbol kechasi bo‘ladi.

Har qanday seriya bir kun kelib to‘xtaydi. Biz bor kuchimiz bilan ularga qarshilik qilamiz. Agar seriya to‘xtamasa ularni olqishlaymiz. Agar Xavi ilk bor safarga chiqayotgan bo‘lsa, demak, ular "Paxtakor"ni jiddiy raqib sifatida ko‘rishmoqda. Xavi maydonda bir soat o‘ynashi mumkin, o‘sha vaqtni o‘zi unga yetarli.

A’zamov va Simich kecha mashg‘ulotda qatnashishdi. Umid qilamanki, ertaga bizda yo‘qotishlar bo‘lmaydi.

Raqibdan kelib chiqib o‘ynaymiz. To‘pni nazorat qilish va o‘yinni nazorat qilishni istaymiz. Ertaga ko‘proq shaxmat bo‘lishi mumkin. Bu guruh bosqichi o‘yini va har bir bahs juda muhim. Agar syurprizlarimiz ko‘p desam yolg‘on bo‘ladi. Ammo bir nechta tayyorlab qo‘ygan narsalarimiz bor.

Manba: Pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:07, 08.04.2019.
O'qildi: 2593 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик