Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat: Osiyo chempionatidan 5ta oltin medal bilan qaytamiz

Shaxmat: Osiyo chempionatidan 5ta oltin medal bilan qaytamiz

Baho:
+ | -
Avval xabar berganimizdek, Shri-Lankaning Kalutara shahrida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda yurtimiz shaxmatchilari ham ishtirok etdi.   Qit’a birinchiligida o‘z yosh toifalarida O‘zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko‘rsatgan yosh shaxmatchilarimiz Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Begmuratov va Abdimalik Abdisalimov vatanimiz sharafini himoya qildi. Quvonarlisi, yoshlarimiz Osiyo chempionatidan 5ta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali bilan qaytadigan bo‘lishdi.   photo5289988683522484894.jpg   Bugun musobaqaning standart yo‘nalishi bo‘yicha so‘nggi 9-tur bahslari o‘tkazildi. Unda 10 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida hamyurtimiz Humoyun Bekmuratov 8 ochko jamg‘ardi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu yosh toifasida 2-o‘rin hindistonlik Mayank Chakrabortiga, 3-o‘rin esa eronlik Movahed Sinaga nasib etdi. E’tiborlisi, Humoyun ushbu musobaqaning blis bahslarida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.   Shu yosh toifasida qizlar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Afruza Hamdamova kumush medal bilan taqdirlandi. 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Osiyo vise-chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u musobaqaning rapid yo‘nalishida ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.   photo5289988683522484895.jpg   Yaqinginada mamlakatimiz tarixida FIDE ustasi unvonini qo‘lga kiritgan eng yosh ayol shaxmatchiga aylangan Umida Omonova 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida yurtimizga yana bir oltin medalni taqdim etdi. U 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi.   Omonovaning g‘olibona yurishini yana bir hamyurtimiz Abdimalik Abdisalimov davom ettirdi. U 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Abdisalimov Osiyo chempionatining so‘nggi turida oq donalarda o‘ynab hindistonlik raqibini mag‘lub etdi va eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan mezbon shaxmatchini yarim ochkoga ortda qoldirdi. Ushbu musobaqada Abdimalik rapid yo‘nalishida o‘tkazilgan turnirda ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Manba: UZA
Kiritildi: 19:52, 09.04.2019.
O'qildi: 1927 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик