Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Hamid Tangribergenov: «Anapadagi musobaqa orqali asosiy raqiblarimizni ko‘rib oldik»

Hamid Tangribergenov: «Anapadagi musobaqa orqali asosiy raqiblarimizni ko‘rib oldik»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yosh bokschilarimiz Rossiyaning Anapa shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Ushbu muvaffaqiyatli natijadan so‘ng O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati murabbiyning ortda qolgan musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

"Rossiyaning Anapa shahrida Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada avvallari ham ishtirok etganmiz. Turnirning saviyasi baland hisoblanadi - "A Klass" turnirga kiradi. Musobaqada Rossiya, Kuba, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi mamlakatlar o‘zlarining asosiy tarkiblari bilan qatnashishadi. 13 davlatdan 113 nafar ishtirokchi qatnashdi. Noyabr oyida Mo‘g‘ulistonda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir orqali asosiy raqiblarimizni ko‘rib oldik. Qozog‘iston, Filippin, Hindiston, Qirg‘iziston mamlakatlaridagi bokschilarni ko‘rdik.

Hali ushbu bokschilarimiz xorijiy musobaqalarda ko‘p ishtirok etishmagan. Yil davomida hali bunday turnirlar ko‘p. Musobaqa davomidagi janglar teng kurashda bo‘lib o‘tdi. Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladik. Yigitlarimiz yaxshi janglar o‘tkazishdi.

Kamchiliklarimiz hali ko‘p, ishlashda davom etishimiz lozim. Yana ko‘proq xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, jang amaliyotiga ega bo‘lishimiz katta ahamiyat kasb etadi. Raqiblarimiz jang o‘tkazish tajribasiga ega ekanliklarini ko‘rdik. Bunday musobaqalar orqali xalqaro tajriba to‘plashadi, bokschilarimizda saviya oshiriladi.

Oldimizda Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari kutib turibdi. U yerda ham musobaqada qatnashamiz. Shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, Germaniya, Vengriya davlatlaridagi musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtiryapmiz", - dedi Hamid Tangribergenov.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:01, 09.04.2019.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик