Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bahodir Jalolov bugun titul kamari uchun jang qiladi

Bahodir Jalolov bugun titul kamari uchun jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Biroq kecha raqib o‘zgargani ma’lum bo‘ldi.

Dastavval tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yurtdoshimiz amerikalik Palmer Donniye bilan jang qilishi kerak edi. Ammo hamyurtimiz va uning menejerlari kelishgan holda oltinchi jangda titul kamari uchun bahs olib borishni lozim topishdi.

Shu tariqa, yurtdoshimiz bugun vakant turgan “NABF Junior Heavyweight Title” kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi. Ma’lumot uchun, Barret shu paytgacha 11 marta jang olib borgan bo‘lib, 7 bor g‘alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag‘lubiyat va durang ham mavjud. Hamyurtimiz uchun bu oltinchi jang bo‘ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval raqiblarini yer tishlatgan. Bo‘lajak jangga Nyu-York shahri mezbonlik qilib, bahs Toshkent vaqti bilan ertaga ertalab boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 16-27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ham yurtimiz shrafini himoya qiladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 10:22, 10.04.2019.
O'qildi: 5707 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.