Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ma’mur Saidqosimov: «Turli qing‘ir ishlarga aralashgan hakamlar qat’iy ravishda jazolanadi»

Ma’mur Saidqosimov: «Turli qing‘ir ishlarga aralashgan hakamlar qat’iy ravishda jazolanadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda malakali hakamlar sonini oshirish  va ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.   Buning samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati, Osiyo Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi kabi ko‘plab xalqaro nufuzli musobaqalarda doimiy ravishda ishlab kelishmoqda. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Ma’mur Saidqosimov malakali hakamlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan hakamlar saviyasini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har mavsum oldidan ular ishtirokida turli seminarlar tashkil etilib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilyapti. 

Shu bilan birga hakamlar uchrashuvlarda halol ishlashlarini ta’minlash, kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etish, o‘yin davomida u yoki bu jamoaga ataylab yon bosish, natijaga ta’sir etish kabi yomon illatlardan uzoqda bo‘lishlarini ta’minlashga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Superliga va Pro-liga uchrashuvlarida qatnashayotgan hakamlar bilan doimiy ravishda ish olib borilyapti. Ularning har bir o‘yinlardagi harakatlari chuqur tahlil qilib boriladi. Bu borada O‘FAda maxsus Monitoring guruhi ishlayapti. Bu guruhdan malakali mutaxassislar joy olishgan. Ular har bir o‘yin videoyozuvini diqqat bilan o‘rganib chiqishadi. Har bir hakamning ishini tahlil qilishadi. Agar hakam harakatlari shubha uyg‘otsa, mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib boriladi.  Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan, poraxo‘rlik kabi illatlarga berilgan, turli qing‘ir ishlarga aralashgani aniqlangan hakamlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ular butun umrga futboldan chetlatiladi. 

Shu sababli hakamlardan har xil “o‘yinlar”ga aralashmasdan, halol hakamlik qilishlarini, o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishlarini so‘rab qolaman. 

Biz yosh hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ham katta hajmdagi ishlarni olib bormoqdamiz. Maqsad – malakali va yuqori saviyala hakamlarni ko‘paytirib borish. O‘zbekistonlik hakamlar butun dunyoda o‘z nufuziga, o‘ziga yarasha obro‘ga ega. Yosh hakamlar ham ana shu nufuzni yanada oshirishga harakat qilishlari zarur. Buning uchun esa turli qing‘irliklarga aralashmay, halol hakamlik qilib, o‘z ustilarida ko‘proq ishlab, xalqaro o‘yinlarda ishlashga intilishlari zarur.

Umid qilib qolamizki, olib borilayotgan chora-tadbirlar albatta o‘z samarasini berib, hakamlarimizning nufuzi yanada ortib boradi”, - dedi Ma’mur Saidqosimov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:46, 10.04.2019.
O'qildi: 2182 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.