Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

Messi «MYU»ga qarshi, Ronaldu «Real»ni xafa qilganlar bilan «hisob-kitob qiladi»

Messi «MYU»ga qarshi, Ronaldu «Real»ni xafa qilganlar bilan «hisob-kitob qiladi»

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalining dastlabki o‘yinida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi, "Yuventus" esa Amsterdamning "Ayaks" bilan kuch sinashadi.

Sulsher - yangi Zidanmi?
«Manchester Yunayted» - «Barselona»
10 aprel. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 00:00

«Barselona» va «MYU» o‘rtasidagi qarama-qarshilik yorqin tarixga ega: Kubok egalari kubogidagi bir final, Chempionlar ligasidagi ikki final va bir yarim final, 1998-99 yilgi mavsumda guruh bosqichdagi ikkita o‘yinda ham bir xilda - 3:3 hisobidagi duranglar - O‘sha mavsumda «MYU» finalga chiqib borib, «Bavariya»ni qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gollar evaziga yengib, tarixiy chempionlikka erishgandi. 

Hozirda o‘sha final o‘yinida gol urgan Ole Gunnar Sulsher - «MYU»da bosh murabbiy. O‘tgan oy oxirida jamoa rahbariyati undan «vaqtinchalik bosh murabbiy» tamg‘asini olib tashlab, doimiy asosda bosh murabbiy etib tayinladi va u bilan yangi shartnoma imzoladi. Shunday ekan, keyingi mavsumda «Old Trafford»da kuchli jamoa bo‘lishi kafolatlangan. Lekin superklub bosh murabbiyi bo‘lish boshqa, YECHL g‘olibining bosh murabbiyi bo‘lish boshqa. 1/8 finalda Sulsher jamoasi mo‘’jiza evaziga keyingi bosqichga o‘tdi. Ammo «Barselona»ga qarshi o‘yinda VAR yordam bera olmasligi mumkin. «Tog‘lar zabt etish uchun yo‘ldan chiqadi», deya Sulsherning «PSJ»ga qarshi javob o‘yinidan oldin aytgan so‘zlarini takrorladi «MYU» yarimhimoyachisi Xuan Mata.

Shanba kuni Sulsher va uning taniqli yordamchisi Mayk Fellan Kataloniyaga kelib, bo‘lajak raqib qanday qilib «Atletiko»ni «er tishlatgani»ga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishdi. Ko‘k-anorranglilar Ispaniyada chempionlik masalasini amalda hal qilib bo‘lishdi va endi bor e’tiborlarini Chempionlar ligasiga qaratishlari mumkin. «Barselona» 2015 yildan buyon YECHL kubogini ko‘rganlari yo‘q, endi esa kubokni Kataloniyaga olib kelish uchun barcha sharoitlar muhayyo - qatorasiga 3 yil davomida «quloqli kubok»ka egalik qilgan «Real» allaqachon turnirni tark etgan va taxt bo‘sh qolgan. Boshqa tomondan esa, Sulsherning murabbiylik faoliyati «Real» bilan qatorasiga Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, 2,5 yil ichida 9ta sovrin qo‘lga kiritgan Zidanning murabbiylik faoliyati boshlanishiga o‘xshaydi. Shunday ekan, «Barselona» ehtiyotkor bo‘lishi talab etiladi.

Ronaldu «Real» uchun qasos oladimi?
«Ayaks» - «Yuventus»
10 aprel. Amsterdam. «Yoxan Kroyf Arena» stadioni. 00:00

«Real» - «Yuventus» juftligi «Barselona» - «MYU» qarama-qarshiligini ham soyada qoldirgan bo‘lardi, ammo «Ayaks» Krishtianu Ronaldu «Santyago Bernabeu»ga qaytishiga yo‘l qo‘ymadi va portugaliyalik futbolchiga o‘zi peshvoz chiqdi.

Balki, Amsterdam Ronalduning o‘yinlariga guvoh bo‘la olmas. Ronaldu mart oyi oxirida Portugaliya terma jamoasi safida orttirib olgan jarohati tufayli qariyb ikki haftadan buyon futbol o‘ynamayapti. Matbuot ham, «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bot-bot uning «Ayaks»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi haqida aytayotgan bo‘lsada, bu masala uzil-kesil hal bo‘lmagan. OAVning oxirgi xabarlarida Ronaldu birinchi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda tushmasa ham, oxirgi 20-30 daqiqalikda maydonda bo‘lishi haqida aytilmoqda.

«Biz «Real»ga qarshi o‘ynagandek o‘ynab, natijaga erishmoqchimiz. Endi butun Yevropa biz istalgan raqibni yenga olishimiz mumkinligini biladi. Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz», dedi o‘yindan oldin «Ayaks» himoyachisi Nikolas Talyafiko.

Lekin unutmaslik kerakki, bu mavsumdagi «Yuventus» bu mavsumdagi «Real»dan kuchliroq. Qolaversa, argentinalik futbolchining bu oliftaligi uning bir necha kun oldin Niderlandiya chempionati doirasida «Emmen»ga qarshi o‘yin vaqtida hisob «Ayaks» foydasiga 5:0 hisobida hal bo‘lib turganida urgan avtogoli fonida biroz kulgili ko‘rinadi.

«Yuventus»ga qarshi o‘yinda har bir xato qimmatga tushishi mumkin. Bu o‘yinda Ronaldu maydonga tushish-tushmasligidan qat’i nazar xato qilmaslik kerak. Ronaldu bo‘lmasa, boshqa hujumchilar bor. Agar Ronaldu bo‘lsa yanada yaxshi, chiroyli gollar va «Real» uchun qasos. Bir yil muqaddam Ronaldu Chempionlar ligasi chorak finalida aynan «Yuventus»ga qarshi Turinda kechgan o‘yinda qaychi uslubidagi zarbasi bilan mezbon muxlislarning ham olqishlariga sazovor bo‘lgandi.

Manba: KUN
Kiritildi: 11:38, 10.04.2019.
O'qildi: 8830 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.