Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi – Shota Arveladze

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi – Shota Arveladze

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Coca  Cola  Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz   nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan mart oyida Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bunda ushbu jamoalar ustozlarining ham o‘rni beqiyos ekanini qayd etish joiz.  

Ortda qolgan mart oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘oliblik uchun kurash juda qizg‘in kechdi. Superliga klublari murabbiylari va sardorlarining aksariyati “Paxtakor” ustozi Shota Arveladzeni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsa, muxlislar “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevni birinchi pog‘onaga munosib deb ko‘rsatishdi. Yakunda ochkolar sarhisob qilinganida Shota Arveladze Ro‘ziqul Berdiyevni 63:62 hisobida 1 ochkoga ortda qoldirib, oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo‘ldi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 12:50, 11.04.2019.
O'qildi: 2872 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.