Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Qizil qizg‘anilmaydi yoki Mayk Din – eng «shavqatsiz» referi…mi?

«Qizil qizg‘anilmaydi yoki Mayk Din – eng «shavqatsiz» referi…mi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

U yaqinda APL o‘yinlarida 100-marta qizil kartochka ko‘rsatdi - katta yubiley!

Din bu safar «Vulverxempton» - «MYU» uchrashuvida «qizil iblislar» vakilini maydondan ancha barvaqt chetlatdi va boshida yengilmasdek ko‘ringan Ole-Gunnar Sulsher yana mag‘lubiyat ko‘chasiga kirdi. Ha, 30-turda «Arsenal» qoshida bosh eggan «MYU» 33-turda «Vulverxempton» oldida ham ojiz qoldi.

Aslida bu gal «bo‘rilar»ga qarshi o‘yin kubok doirasidagi qarama-qarshilikdan farqli o‘laroq (manchesterliklar turnirning 1|8 finalida aynan «Vulverxempton»ga yutqazib, kurashdan chiqib ketishgandi), «MYU» uchun ancha xayrli boshlandi. Ya’ni Skott Maktominay 13-daqiqadayoq hisobni ochib, «qizil iblislar»ga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Biroq ko‘p o‘tmay, Diogu Jota mehmonlarni ranjitdi (bu hujumchi kubok bahsida ham «MYU» darvozasini nishonga olgandi). Ikkinchi bo‘limda esa, avvaliga referi Mayk Din faoliyatidagi 100-qizil kartochkani ko‘rsatib, bu borada APL rekordini o‘rnatdi. Qattiqqo‘l hakamning 100-«haydalish kuyi» Eshli Yangga ataldi: atigi 5 daqiqa ichida 2ta «sariq» va «qizil»...

Ma’lumot uchun aytish kerak, Din hakamlik faoliyatida qizil kartochkaga ilk marta bundan 18 yil muqaddam murojaat qilgandi. O‘shanda u Nolberto Solanoga nisbatan oxirgi chorani qo‘llagandi. «Vulverxempton» - «MYU» o‘yiniga qaytsak, Dinning final hushtagi yangrashiga 13 daqiqa qolgan pallada Kris Smolling nomiga avtogol yozildi va «MYU» yakunda mag‘lubiyatni tan oldi. Bu jamoaning oxirgi 4ta o‘yindagi 3-omadsizligi bo‘ldi. Boz ustiga, «Yunayted» so‘nggi 3ta safar o‘yinida 2tadan gol qo‘yib yubordi. Vaholanki, jamoa Sulsher boshqaruvidagi dastlabki 9ta bahsda atigi 1ta gol qabul qilgandi. Yana bir fakt: «qizil iblislar» joriy mavsum «Vulverxempton» bilan 3 marta uchrashib, loaqal bir bora g‘alaba qozonolmadilar - 2ta mag‘lubiyat va 1ta durang. Aytgancha, «bo‘rilar»ning bitta mavsumda «MYU»ning 2 marta yengishlari oxirgi marta 1980 yili kuzatilgandi. Qolaversa,  «Vulverxempton» joriy mavsum «qizil iblislar»dan 2 marta ustun kelgan yagona jamoadir.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:00, 11.04.2019.
O'qildi: 2079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик